Ergasheva Nargiza Ibrohimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Discertatsiya mavzusi, ixtisosli shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buyuk siymolar bilan tanishtirish orqali bolalarda milliy g‘urur hissini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” (katta va tayyorlov guruhlari misolida), 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.2.PhD/Ped1717.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Maqsud Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, dotsent Riskulova Komola Djumaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent Mirsolieva Muxabbat To‘xtasinovna.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonida buyuk siymolar bilan tanishtirish orqali bolalarda milliy g‘urur hissini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarida berilgan beshta soha va kichik sohalar (ijtimoiy-hissiy, nutq, kognitiv, ijodiy) integratsion ta’sir darajasiga ustuvorlik berish, bolalarda milliy g‘urur, faxr, iftixor tuyg‘ularini shakllantirish mazmuni buyuk siymolar bilan tanishtirish jarayonida takomillashtirilgan;
ijtimoiy-kolloborativ hamkorligini fasilitatsion texnologiyalarga asoslangan metodik tizimni kiritish asosida buyuk siymolar bilan tanishtirishda, bolalarda milliy g‘urur hissini shakllantirish pedagogik shart-sharoitlari maktabgacha ta’lim tashkiloti, mahalla, ota-onalarning ijtimoiy-kolloborativ hamkorligini fasilitatsion texnologiyalarga asoslangan metodik tizimni kiritish orqali takomillashtirilgan;
buyuk siymolar bilan tanishtirish orqali bolalarda milliy g‘urur hissini shakllantirish pedagogik shart-sharoitlari maktabgacha ta’lim tashkiloti, mahalla, ota-onalarning ijtimoiy-kolloborativ hamkorligini fasilitatsion texnologiyalarga asoslangan metodik tizimni kiritish orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni buyuk siymolar bilan tanishtirish orqali milliy g‘urur hissini shakllantirish metodikasi mul`timediyali ta’limiy o‘yin muhiti (virtual muzey, keys-grafiklar, kontekstli o‘yinlar) hamda evristik texnologiyalarga (General project, Circle of ideas, Collage) asoslangan kreativ ta’lim komponentlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarining milliy g‘urur hissini shakllanganlik darajasini baholashning faoliyatli-xulq-atvor tizimi (motivatsion, emmotsional-hissiy, xulq-atvor) bolalarning buyuk siymolar to‘g‘risidagi tasavvurlari, ijodiy ko‘nikmalari hamda kompetensiyalarini refleksiv-baholovchi komponentlarini kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: buyuk siymolar bilan tanishtirish orqali bolalarda milliy g‘urur hissini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
rivojlanish markazlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni buyuk siymolar bilan tanishtirish orqali milliy g‘urur, faxr, iftixor hissini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlariga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 06 iyuldagi 02-02/2-822-son ma’lumotnomasi). Natijada tarbiyalanuvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda milliy g‘urur hissini shakllantirish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ishlab chiqilgan “Ajdodlarga munosib avlod” dasturi va metodik ta’minoti maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanish markazlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 06 iyuldagi02-02/2-822-son ma’lumotnomasi). Natijada rivojlanish markazlarida maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy g‘urur hissini shakllantirish jarayoni sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
buyuk siymolar bilan tanishtirish orqali bolalarda milliy g‘urur hissini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish hamda maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy g‘urur hissini tarbiyalashda MTT-mahalla-ota-ona hamkorligini ta’minlash bilan bog‘liq talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 391-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 06 iyuldagi 02-02/2-822-son ma’lumotnomasi). Natijada,maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish talablarini belgilashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish