Rizaev Baxtiyor Nazarboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda 1950-1970 yillari yangi erlarni o‘zlashtirish jarayonida aholini ko‘chirish siyosati (Buxoro oblasti misolida)”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2018.3.PhD/Tar331.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: Haitov Shadmon Ahmadovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: G‘offorov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor; Mo‘minova Gavhar Esanovna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sovet hokimiyatining yangi erlarni o‘zlashtirish jarayonida aholini ko‘chirish siyosati tarixiy tajribasini Buxoro oblasti misolida manbalar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1950-1970 yillarda Buxoro oblastidagi ko‘chirish siyosatining asosiy maqsadi ishchi kuchini xalq xo‘jaligi tarmoqlariga teng taqsimlash hamda o‘zlashtirilgan yangi erlarni mehnat resurslari bilan ta’minlash bo‘lganligi asoslangan; 
ko‘chirilgan aholining mentaliteti, xo‘jalik-madaniy xususiyatlari etarlicha hisobga olinmaganligi oblastda ko‘chirish siyosatining muvaffaqiyatsizlikka uchrashining asosiy omili bo‘lganligi aniqlangan;
ittifoq va respublika byudjetidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga ajratilgan mablag‘larning katta qismi yangi erlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilganligi oblastning boshqa qishloq hududlari rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi  dalillangan;
XX asrning 60-yillari oblast` rahbariyati yangi o‘zlashtirilgan erlarda chorvachilik va bog‘dorchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklar tashkil etib, aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda bandligini ta’minlashga uringanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda 1950-1970 yillari yangi erlarni o‘zlashtirish jarayonida aholini ko‘chirish siyosati (Buxoro oblasti misolida) muammosini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida: 
1950-1970 yillar Buxoro oblastidagi ko‘chirish siyosatining asosiy maqsadi ishchi kuchini xalq xo‘jaligi tarmoqlariga teng taqsimlash bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti (MISAI) da bajarilgan «Made in SSSR» (“SSSRda yaratilgan”) “Millatlararo oilalarning paydo bo‘lish tarixi” (MISAI Ilmiy sovetining 2020 yil 16 dekabrdagi 7-son bayonnomasi bilan ro‘yxatga olingan) nomli xalqaro loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro institutining 2021 yil 26 fevraldagi 56-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi sovet hukumati tomonidan amalga oshirilgan ko‘chirish jarayonlarnini  tahlil qilishga xizmat qilgan;
ko‘chirilgan aholining mentaliteti, xo‘jalik-madaniy xususiyatlari etarlicha hisobga olinmaganligi oblastda ko‘chirish siyosatining muvaffaqiyatsizlikka uchrashidagi asosiy omil bo‘lganligi to‘g‘risidagi nazariy ma’lumotlardan Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti (MISAI)da bajarilgan «Made in SSSR» (“SSSRda yaratilgan”) “Millatlararo oilalarning paydo bo‘lish tarixi” (MISAI Ilmiy sovetining 2020 yil 16 dekabrdagi 7-sonli bayonnomasi bilan ro‘yxatga olingan) nomli xalqaro loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro institutining 2021 yil 26 fevraldagi 56-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi migrantlarni ijtimoiy va oilaviy munosabatlarida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni tahlil qilish imkonini bergan;
ittifoq va respublika byudjetidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga ajratilgan mablag‘larning katta qismi yangi erlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirlganligi oblastning boshqa qishloq hududlari rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi to‘g‘risidagi dalillardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “Buxoro – sharq gavhari, “Moziy bisotidan”, “Assalom, Buxoro” ko‘rsatuvlarini olib borishda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 25 fevraldagi 1/52-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar tomoshabinlarni oblast` qishloq xo‘jaligi imkoniyatlaridan foydalanish tarixi tajribasidan xabardor bo‘lishga xizmat qilgan; 
XX asrning 60-yillari oblast` rahbariyati yangi o‘zlashtirilgan erlarda chorvachilik va bog‘dorchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklar tashkil etib, aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan urinishlar bilan bog‘liq mulohazalardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining “Buxoro – sharq gavhari, “Moziy bisotidan”, “Assalom, Buxoro” ko‘rsatuvlarini tashkil etishda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 25 fevraldagi 1/52-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar teletomoshabinlarda sovet hukumati amalga oshirgan agroiqtisodiy siyosatining oqibatlarini ochib berishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish