Omanov Po‘latjon Xabitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilini o‘qitishda talabalar ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini autentik videomateriallar vositasida rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.2.PhD/Ped205.
Ilmiy rahbar: Muxitdinova Xadicha Sobirovna,pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar:To‘xtasinov Ilxom Madaminovich,pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatqulov Xurshid Abdurashidovich,pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘qitishda talabalar ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini autentik videomateriallar vositasida rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chet tillarni o‘qitishda talabalar ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishda til o‘zlashtirishga salbiy ta’sir qiladigan motivatsiyaning pasayishi, ishonchsizlik kabi affektiv holatlarning oldini olishga qaratilgan  lingvodidaktik ta’minotning samaradorligi  ko‘p qirrali intellekt (Multiple intelligence) va emotsional fil`tr gipotezasi (affective filter hypothesis) kabi psixologik omillarga ustunlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarga ingliz tilini murakkab o‘qitishga qaratilgan mul`timedial o‘quv resurs manbalari veb-sahifa ko‘rinishidagi onlayn platforma (Online Platform)  dasturlash tiliga oid imperativ, deklarativ, funksional va ob’ektga yo‘naltirilgan autentik materiallar uzluksizligini ta’minlash asosida  takomillashtirilgan;        
ingliz tilini offlayn ta’lim sharoitida o‘qitishda autentik videomateriallardan foydalanishga qaratilgan lingvodidaktik ta’minot samaradorligi hayotiy kommunikativ ehtiyojlilik, fanlararo aloqadorlik, integrativlik tamoyillariga asoslangan uch bosqichli (namoyishdan oldingi – reseptiv, namoyish jarayonidagi - reproduktiv va namoyishdan keyingi - produktiv) mashq va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish orqali isbotlangan;
onlayn ta’lim jarayonida talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetentligini rivojlantirishda auditoriyaga asliyatdagi real voqelikni olib kirish, kommunikativ hayotiy vaziyatlarda muloqot yuritish, etiket me’yorlarini o‘rinli qo‘llay olish, o‘z va o‘zga yurt an’analarini tӱg‘ri sharhlay olish kabi mezonlar asosida takomillashtirilgan lingvotexnologik ta’minot kasbga yo‘naltirib o‘qitishda birlamchi va ikkilamchi lisoniy shaxsni shakllantirishning muqobil usuli sifatida taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitishda talabalar ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini autentik videomateriallar vositasida rivojlantirish yuzasidan olingan ilmiy-nazariy natijalar asosida:
xorijiy tillarni o‘qitishda talabalar talabalar ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik omillari chet tillarini til sohiblarining turmush tarzi, madaniyati bilan uyg‘unlikda o‘rganish va ikkilamchi lisoniy shaxsni shakllantirishga oid materiallardan SamDChTIda 2016-2018 yillarda bajarilgan Evropa Ittifoqining ERASMUS+ doirasidagi 561624 EPP-1-2015-1-UK-EPPKA 2-CBHESP IMEP: “O‘zbekistonda ta’lim va oliy ta’lim sohasidagi jarayonlarni modernizatsiyalash va xalqarolashuv” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 02 iyundagi 736/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu materiallar oliy ta’lim muassasalari talabalarining ingliz tilidagi ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
ingliz tilini o‘qitishda autentik videomateriallarni hayotiy kommunikativ ehtiyojlardan kelib chiqib tanlash va amaliy qo‘llash tamoyillari hamda onlayn ta’lim jarayonida talabalarning ingliz tilidagi ijtimoiy-madaniy kompetentligini mul`timedia va elektron darsliklar vositasida rivojlantirish mazmuni va shakllaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2015-2017 yillarda Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar izohli lug‘atini tuzish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining         2020 yil 15 dekabrdagi 89-03-5289-son ma’lumotnomasi) Natijada talabalarning ingliz tilidagi ijtimoiy-madaniy kompetentligini mul`timedia va elektron darsliklar vositasida rivojlantirish mazmuni va shakllari respublikamizda chet tillarni o‘qitish ta’limi sifatini oshirish hamda ingliz tilini o‘qitish jarayonida talabalar ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
offlayn ta’lim sharoitida talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasi komponentlari, ularning didaktik tavsifi va ularni rivojlantirishning psixologik omillari, talabalarda ikkilamchi madaniy lisoniy shaxsni shakllantirish orqali ingliz tilini o‘qitishda ta`lim samaradorligini oshirishga qaratilgan  autentik materiallar va pedagogik texnologiyalardan  O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida  2015-2017 yillarda bajarilgan bakalavrlar uchun yaratilgan A-1-219 raqamli «Ta’lim tizimida chet til (ingliz) yo‘nalishlarida umumevropa kompetensiyalarini CEFR indikatorlari bo‘yicha S1darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish» mavzusi bo‘yicha bajarilgan amaliy loyihaning ”Reading", ”Writing” va ”Listening" mavzularini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 15 fevraldagi 89-03-932-son ma’lumotnomasi) Natijada ikkilamchi madaniy lisoniy shaxsni shakllantirish vositasida bakalavrlarning ingliz tilidagi o‘qish, yozish, gapirish va tinglab tushunish kompetensiyalari rivojlantirilgan.
onlayn ta’lim jarayonlarida talabalarning ingliz tilidagi ijtimoiy-madaniy kompetentligini mul`timedia va elektron darsliklar yordamida rivojlantirishga oid xulosalardan chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi «Kommunikativ tilshunoslik va til kompetensiyalari» modulini ishlab chiqishda foydalanilgan (Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazning 2020 yil 02 iyundagi 10-06/32-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu xulosalar ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirish hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini rivojlantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish