Yo‘ldashov Murodjon Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh futbolchi qizlarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4. PhD/Ped.832.
Ilmiy rahbar: Abidov Shavkat Usmanovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped 28.01.
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Akramov Jasur Anvarovich,pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh futbolchi qizlarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish uslubiyatini maxsus vositalarni optimallashtirish va mikrotsikllar yuklamalarini me’yorlash orqali takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh futbolchi qizlarning yillik tayyorgarlik bosqichlarida ritmga moslashish, muvozanat saqlash, fazoviy mo‘ljal olish, vaqt oralig‘ida harakatlarni o‘zgartirish va moslashtirish qobiliyatlarini baholashning yangi me’yoriy talablarini ishlab chiqish hisobiga maxsus koordinatsion qobiliyatlar takomillashtirilgan;
yosh futbolchi qizlarning musobaqa faoliyatini inobatga olgan holda yillik tayyorgarlikning bazaviy, umumiy va maxsus tayyorgarlik, tortuvchi va musobaqa oldi mikrotsikllaridagi (turlararo)  vositalarni tartiblashtirishva ularning me’yorlarini taqsimlash asosida koordinatsion qobiliyatlarni takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
umumiy va maxsus koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar kompleksidan ustuvor foydalanish asosida vositalarning ta’sir etish darajalariga ko‘raaerob, aralash, anaerob–glikolitik, anaerob–alaktat rejimidagi koordinatsion mashg‘ulotlarni turli variantlarda qo‘llash imkoniyati kengaytirilgan; 
yosh futbolchi qizlarning amplualari bo‘yicha tanlab yo‘naltirilgan vositalar asosida musobaqa faoliyatidagi koordinatsion harakatlarning murakkablik darajasi bo‘yicha texnik-taktik harakatlarni nisbiy va absolyut ko‘rsatkichlari o‘zgarishi hisobiga o‘yin vaziyatlarini modellashtirish takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh futbolchi qizlarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish uslubiyatini takomillashtirishga qaratilgan tajriba tadqiqotlari asosida:
yosh futbolchi qizlarda maxsus koordinatsion qobiliyatlarning rivojlanish darajasini baholash uchun ishonchli testlar aniqlanib, yillik siklning tayyorgarlik va musobaqa davrlari bosqichlarida qo‘llanilib,taklif va tavsiyalar «Futbol nazariyasi va uslubiyati» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-raqamli buyrug‘i asosida 676-189 raqamli guvohnoma). Natijada yosh futbolchi qizlarning koordinatsion qobiliyatlari 14,5-15,6% ga yaxshilangan;
yosh futbolchi qizlarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan vositalarning tayyorgarlik va musobaqa davrlaridagi turlararo sikllar bo‘yicha ishlab chiqilgan optimal me’yorlari nisbatlarini aniqlash asosida «Futbol nazariyasi va uslubiyati»  nomli o‘quv qo‘llanma nashr ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-raqamli buyrug‘i asosida 676-189 raqamli guvohnoma). Natijada yosh futbolchi qizlarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan vositalarning tayyorgarlik davrlaridagi optimal me’yorlari 5-20 % hajmda belgilangan;
maxsus mashqlar kompleksidan ustuvor foydalanish asosida yosh futbolchi qizlarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish uslubiyati «Sevinch-2» futbol jamoasining o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 28 yanvardagi 03-07-08-344 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada tayyorgarlik va musobaqa davrlarida yosh futbolchi qizlarning koordinatsion qobiliyatlari darajasi 8-23% ga o‘sgan;
yosh futbolchi qizlarning maxsus koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish uslubiyatining musobaqa faoliyati ko‘rsatkichlariga ta’sir etishiga doir materiallar asosida «Futbol nazariyasi va uslubiyati»  nomli o‘quv qo‘llanma nashr ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-raqamli buyrug‘i asosida 676-189 raqamli guvohnoma). Natijada yosh futbolchi qizlarning tehnik-taktik harakatlari samaradorligi 12-14% ga yaxshilangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish