Ilxomov Baxodir Ilxom o‘g‘lining
falsafadoktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Professional ta’lim tizimi boshqaruv xodimlarining iqtisodiy kompetentligini rivojlantirish (malaka oshirish tizimi misolida)”,13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped1032.
Ilmiy rahbar: Kurbanov Shavkat Ergashevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarning qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Choriev Ruzimurat Kungiratovich,pedagogika fanlari doktori,dotsent.
Yetakchitashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida professional ta’lim tizimi boshqaruv xodimlarining iqtisodiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim tizimi boshqaruv xodimlarini malakasini oshirishda integratsiyalashgan modulli o‘qitishning axborot-didaktik ta’minotini ishlab chiqish orqali marketing-tadbirkorlik, iqtisodiy-huquqiy, axborot-tahliliy kabi iqtisodiy kompetensiyalarini rivojlantirishning sinergetik jarayoni tizimli, faoliyatli, andragogik yondashuvlar asosida takomillashtirilgan; 
ta’lim tizimi boshqaruv xodimlari iqtisodiy kompetenligini malaka oshirishda rivojlantirishning tashkiliy-didaktik modeli, “Four stages of competence” - ongli kompetentlik bosqichlarini integratsiyalash hamda ilmiylik, uzluksizlik, fasilitatsiya, refleksivlik kabi tamoyillarni iqtisodiy mazmunda interpretatsiyalash asosida takomillashtirilgan. 
malaka oshirish jarayonida professional ta’lim tizimi boshqaruv xodimlarining iqtisodiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi modulli o‘qitish bosqichlarini modellashtirish, “Microsoft PowerPoint dasturining innovatsion muhitida blis, savol-javob” va interfaol ta’lim metodlarini integratsiyalash asosida optimallashtirilgan; 
malaka oshirish jarayonida professional ta’lim tizimi boshqaruv xodimlarining iqtisodiy kompetentligini rivojlanganlik darajalarini aniqlash kognitiv, motivatsion, faoliyatli, shaxsiy kabi baholash mezonlari va iqtisodiy baholash indikatorlarini dixatomik majmuaviy yaxlitligini ta’minlashning pedagogik dasturiy mahsulotini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Professional ta’lim tizimi boshqaruv xodimlarining iqtisodiy kompetentligini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
professional ta’lim muassasalari boshqaruv xodimlari iqtisodiy kompetentligini rivojlantirishning axborot-didaktik ta’minotini amaliyotga joriy etish orqali malaka oshirish o‘quv kurslarining tashkiliy-maqsadiy, natijaviy komponentlari mazmunini takomillashtirishga oid takliflaridan “O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar ta’limi tizimidagi xodimlar malakasini oshirish tizimini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilish” (2018-2019 yy.) mavzusidagi xalqaro grant loyihasini bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 89-03-5565-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar malaka oshirish kurslarini (qisqa muddatli) tashkil etishning iqtisodiy-huquqiy jihatdan samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
professional ta’lim tizimi boshqaruv xodimlarinining iqtisodiy kompetentligini rivojlantirishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tizim boshqaruv xodimlari malaka oshirish kursi namunaviy o‘quv rejalariga iqtisodiy kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan maxsus o‘quv moduli kiritilgan, modulli o‘qitishning axborot-didaktik ta’minoti jumladan, “Professional ta’lim muassasalari boshqaruvida iqtisodiy kompetentlik va moliyaviy masalalar” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan va malaka oshirish ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, № 418-283 raqamli guvohnoma). Mazkur o‘quv qo‘llanma malaka oshirish jarayonida ta’lim sifatini oshishiga va tinglovchilarning iqtisodiy kompetentligining rivojlantirishga xizmat qilgan;
interfaol ta’lim metodlarini integratsiyalash asosida professional ta’lim tizimi boshqaruv xodimlarining iqtisodiy kompetentligini rivojlantirish modeli,iqtisodiy kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik dasturiy mahsuloti yaratilgan va malaka oshirish jarayoniga joriy etilgan hamda tajriba-sinovdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 89-03-5565-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 02-02/2-638-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlanmalar professional ta’lim tizimi boshqaruv xodimlarining iqtisodiy kompetentligini rivojlantirishning o‘quv-didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish