Kodirova Shaxlo Salomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miokard infarkti o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bor bemorlarning psixologik holati» 14.00.06 – Kardiologiya, 14.00.18– Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1160.
Ilmiy rahbarlar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Alimov Ulugbek Xudoyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Gadaev Abdigaffor Gadoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ashurov Zarifjon Sharifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: miokard infarkti o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda psixologik o‘zgarishlarni erta tashxislashda klinik-psixologik prediktorlarni aniqlash hamda davolash uslublarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
miokard infarkti o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda kasallik yuqori funksional sinfida depressiv o‘zgarishlar ustunligi isbotlangan;
miokard infarkti o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda kasallik kechishi va psixologik xolatining noxush prediktorlari aniqlash uchun dastur yaratilgan;
miokard infarkti o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda xavotirli- depressiv xolatlarda antidepressant dori - serotoninni qayta ushlovchi selektiv ingibitor ta’sir samaradorligi asoslangan;
miokard infarkti o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda psixologik buzilishlarni davolash natijasida hayot sifati ko‘rsatkichi yaxshilanishi va Moriski-Grin sinamasi orqali dorilarni qabul qilishga izchil rioya qilish tamoyili ortishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Miokard infarkti o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bor bo‘lgan bemorlarda psixologik o‘zgarishlarni erta prognozlash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
miokard infarkti o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda psixologik holat bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda xavotirli-depressiv buzilishlarni erta tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 8n-d/270-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma miokard infarkti o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bor bemorlarda psixologik buzilishlarni erta aniqlash, kasallik kechishi va prognozni yaxshilash imkonini bergan; 
miokard infarkti o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda psixologik buzilishlarni erta aniqlash, kasallik kechishini prognozlash va davolashga yondashuvni takomillashtirisht bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy markazi Buxoro filiali va Buxoro shahar 9 - son oilaviy poliklinika amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 iyundagi 08 04/5159 -son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi miokard infarkti o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligili bemorlarda kasallikni va psixologik buzilishlarni erta aniqlash, klinik kechishini prognozlash va davolashni optimallashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish