Jarilkasinova Gauxar Januzakovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anemiya: tarqalishi, etiologik strukturasi, O‘zbekiston aholisi o‘rtasida antianemik dori vositalarining farmakoepidemiologiyasi va farmakoekonomikasi» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc /Tib389.
Ilmiy rahbar: Mavlyanov Iskandar Raximovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02. 
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turgunpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori; Zaxidova Mashxura Ziyomatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kuban davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasining arid hududlari aholisi orasida temir tanqisligi kamqonligining tarqalishi, farmakoepidemiologiyasi, farmakoiqtisodiyoti va farmakogenetikasining asosiy jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kamqonlik xastaligi bilan kasallangan bemorlarda MDR1 geni S3435T polimorfizmining ST genotipi TT genotipiga nisbatan hamda G2677T polimorfizmining GG genotipi TT genotipiga nisbatan ferroterapiyaga nisbatan davo samarali ekanligi isbotlangan; 
temir tanqisligi anemiyasi davo samaradorligi MDR1 S3435T va MDR1 G2677T genlarining ichak ho‘jayralaridagi temir moddasini o‘zlashtirish darajasiga ta’siri bilan bog‘ligi asoslangan;
qon zardobidagi gemoglobin va ferritin miqdorini MDR1 genining S3435T polimorfizmi ST genotipi hamda G2677T polimorfizmi GG genotipi mavjud bemorlarda ularning TT genotiplari mavjud bemorlarga nisbatan individual irsiy tafovutlar tufayli sezilarli darajada tiklanganligi aniqlangan;
temir tanqisligi anemiyasi mavjud bemorlarni MDR1 genining G2677T va S3435T polimorfizmlari bo‘yicha genotiplash bemorlarga temir preparatini dozalash tartibi, davo kursi davomiyligini aniqlash orqali anemiyaga qarshi davo samaradorligini oshirish va nojuya ta’sir havfini kamaytirish imkoni asoslangan;
dori vositalaridan nojo‘ya ta’sir havfini oldini olishda uch-valentli temir preparatlarining ichakdan so‘rilishi afzalligi, gematologik ko‘rsatkichlarni tiklashda ikki va uch-valentli temir preparatlarining jigarda o‘zlashtirilish xususiyatlari tufayli foydalanish  bir xilda samarali ekani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Aholisi orasida temir tanqisligi kamqonligining tarqalishi, farmakoepidemiologiyasi, farmakoiqtisodiyoti va farmakogenetikasining asosiy jihatlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida: 
temir preparatlarining samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Temir preparatlarining farmakoekonomik samaradorligini baholash usuli” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 8 fevraldagi 8n-r/111-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma temir tanqisligi anemiyasida turli guruhlardagi temir preparatlari misolida ularning farmakoiqtisodiy samaradorligini aniqlash imkonini bergan;
temir tanqisligi anemiyasi bilan og‘rigan bemorlarda genlar polimorfizmining davolash samaradorligiga ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Temir tanqisligi anemiyasi bilan og‘rigan bemorlarda MDR1 geni polimorfizmining ferroterapiya samaradorligiga ta’sirini baholash” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 fevraldagi 8n-r/102-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma temir tanqisligi anemiyasi bilan og‘rigan bemorlar hayot sifatini yaxshilash, erta nogironlikning oldini olish imkonini bergan;
aholi orasida temir tanqisligi kamqonligining tarqalishi, farmakoepidemiologiyasi, farmakoiqtisodiyoti va farmakogenetikasining asosiy jihatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro shahridagi 4-va 6-son oilaviy poliklinikalari hamda Samarqand davlat tibbiyot institutining 1-klinikasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash Vazirligini 2020 yil 19 dekabrdagi 8n-d/66-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish temir tanqislik kamqonligi bilan kasallanganlarni davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish