Aytimova Gulsanam Yusupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorazm viloyatida periferik arteriya kasalliklarini ul`tratovush skrining dasturini ishlab chiqish», 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib679.
Ilmiy rahbar: Rozixodjaeva Gulnora Axmedovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupalieva Gulnora Akmalovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Yulbarisov Abdurasul Abdujalilovich tibbiyot fanlari doktori;
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot institut.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati 45-90 yoshlardagi tub aholisi orasida periferik arteriyalarning obliteratsiyalovchi aterosklerozi tashxisotini ul`tratovush dopplerografiya usullari yordamida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
periferik arteriyalarning obliteratsiyalovchi aterosklerozning skriningida to‘piq-elka indeksiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim ko‘rsatkichlar sifatida anamnezida miokard infarkti, 75 yoshdan oshgan keksalik yoshi, arterial gipertenziya, gipodinamiya va qandli diabet ekanligi isbotlangan;
periferik arteriyalar kasalligini nurli tashxisotida gemodinamik ta’sirga ega stenozlarda, rangli dupleks skanerlashda o‘rta to‘piq-elka indeksini yoshga bog‘liqlik xususiyatlarining pasayishi isbotlangan;
periferik arteriyalar kasalliklarni tashxislashda kontrastsiz kompyuter tomografiyani ul`tratovush tekshiruv bilan birgalikda qo‘llaganda kal`sinoz va aterosklerotik pilakchani turini baholashda samaradorligi isbotlangan;
yuqori xavf yurak-qon tomir kasalliklari va periferik arteriyalarning simptomsiz zararlanishi bosqichida, bemorlarda to‘piq-elka indeksini baholashning samarali davolash taktikasini tanlashda ko‘llash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyatida periferik arteriya kasalliklarini ul`tratovush skrining dasturini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
periferik arteriya kasalliklarini ul`tratovush skrining dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Oyoqlardagi surunkali arterial etishmovchilikni tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 13 martdagi 8n–r/54–son ma’lumotnomasi). Natijada periferik arteriya kasalligi tashxislangan bemorlarda nur tashxisi usullari yordamida periferik arteriya kasalliklarini tashxislashni samarali yo‘lga qo‘yish va har bir usulning tashxislashdagi ishonchliligini erta tashxislash va samarali davolash tizimini to‘g‘ri tanlash bergan;
periferik arteriya kasalliklarini ul`tratovush skrining dasturini ishlab chiqishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali bo‘limlari, Xorazm viloyati endokrinologik dispanseri hamda Urganch tumani shifoxonalarida va viloyat tumanlardagi poliklinikalarning klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n–d/154–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi konservativ yoki invaziv davolanishlardan so‘ng oyoq arteriyalarini qayta tekshirish, oyoq arteriyalari obstruktiv kasalliklarining topik tashxislash birlamchi usul sifatida rangli dupleks angioskanerlashni qo‘llash maqsadga muvofiqligini ko‘rsatish, periferik arteriya kasalliklarini erta tashxislash usullarini takomillashtirish bemorlarga ixtisoslashgan yuqori texnologiyali tibbiy tashxisot doirasini kengaytirish, bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.