Axrorxujaev Nodirxon Shaxobiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekisiton Respublikasining janubiy xududlarida yashovchi maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarning stomatologik statusi va profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib766.
Ilmiy rahbar: Murtazaev Saidmurodxon Saida’loevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Kas`kova Lyudmila Fedrovna tibbiyot fanlari doktori, professor (Ukraina); Gulyamov Surat Saidvalievich tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: S.M.Asfandiyarov nomidagi Qozoq Davlat tibbiyot Universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasining janubiy hududlarida istiqomat qiluvchi maktabgacha yoshdagi bolalarda stomatologik statusni o‘rganish va davolash profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi janubiy hududida yashovchi bolalar aralash so‘lagidagidagi ftor, kal`siy va fosfor mikroelementlari hamda vodorod ionlari konsentratsiyasini kislotali tomonga siljishi natijasida demineralizatsiya o‘choqlari hosil bo‘lishi bilan kechuvchi karies kasalligini rivojlanish patogenezi isbotlangan;
bolalar og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holati, so‘lakning rN muhiti, suv va tuproq tarkibidagi og‘ir metal va tuzlarining miqdorini ortishi, nokaries kasalliklarni rivojlanishi va parodont to‘qimasining patologik o‘zgarishlarga ta’siri aniqlangan;
maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda kariesni oldini olish maqsadida endogen ftor profilaktika kompleksidan foydalanish natijasida so‘lakning mineralizatsiyalovchi potensiali, biokimyoviy ko‘rsatkichlarini barqarorlashishini ta’minlash orqali kasallikni oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan;
taklif etilayotgan karies profilaktikasi majmuasi bolalar tish emalidagi demineralizatsiya jarayonini to‘xtatib, karies tarqalishining reduksiya ko‘rsatkichi 46,6% ga pasaytirish natijasida karies kasalligini oldini olish samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasining janubiy xududlarida yashovchi maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarning stomatologik statusi va profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xududning suv va tuproq tarkibining og‘ir metal tuzlari bilan ifloslanishini oldini olishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Suv va tuproqni og‘ir metallar bilan ifloslanishini epidemiologiyasi darajasiga bog‘liq xolda stomatologik statusni aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 21 dekabrdagi 8n-d/248-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma suv va tuproqni og‘ir metallar bilan ifloslanishini epidemiologiyasi darajasiga bog‘liq xolda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda stomatologik statusni baholash, og‘iz bo‘shlig‘ining holati va kasalliklarini erta tashxislash va davolash taktikasi tanlash orqali stomatologik statusini yaxshilash imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasining janubiy xududlarida yashovchi maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarning stomatologik statusi va profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Maktabgacha yoshdagi bolalarda tishlar kariesini oldini olish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 21 dekabrdagi 8n-d/248-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma suv va tuproqning og‘ir metallar bilan ifloslanishi bolalarda stomatologik statusini buzilishi natijasida tish kariesini erta tashxislash va davolash taktikasi tanlash imkonini bergan;
janubiy xududlarda yashovchi maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarning stomatologik statusi va profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Qashqadaryo viloyati bolalar stomatologik poliklinikasi hamda Toshkent shahar 1-sonli bolalar stomatologik poliklinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 21 dekabrdagi 8n-d/248-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi stomatologik statusni baholash, og‘iz bo‘shlig‘i parvarishi bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish va namoyon etish, bolalarda tishlar kariesi tarqalishini oldini olish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish, bolalarda tishlar kariesi asoratlarini oldini olish va kasallikni davolashga qaratilgan xarajatlarning umumiy qiymatini kamaytirish imkonini bergan.