Safarov Murod Tashpulatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dental implantatlar yordamida protezlashning turli usullari samaradorligini klinik-patogenetik asoslash», 14.00.21 – «Stomatologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib97.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSs.28.12.2017.Tib.59.01.
Ilmiy maslahatchi: Irsaliev Xusniddin Ibragimovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Ruzuddinov Saurbek Ruzuddinovich. tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi). Gulyamov Surat Saidvalievich tibbiyot fanlari doktori, professor. Kamilov Xaydar Pazilovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Yonsey universiteti (Janubiy Koreya)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tish implantatdagi protezlashning turli xil usullarida klinik-patogenetik samaradorligini baholash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyidagilardan iborat:
ilk bor tish implanti atrofida bir oydan keyin qon ta’minotining ikki barobar ortishiga sabab erta funksional yuklama ta’sirida tarkibiy to‘qimalar ritmik qon aylanishi darajasi kamayishi, qon tomirlari devori tonusining o‘sishi va kon aylanishining tezlashuvi bilan bog‘liq ekani isbotlangan;
ilk bor tish implanti atrofida chaynash yuklamasi ta’siridan olti oydan keyin to‘qimalar qon aylanishi va intensivligini ortishi mikro qon tomirlar vazomotor faolligining o‘sishiga proporsional bog‘liqligi aniqlangan;
kechki (6-8 oy) muddatlarda erta funksional yuklamaning tish implantlari soxasidagi pastki jag‘ alveolyar o‘simtaning suyak to‘qimalari zichligi (implantat bo‘yni va o‘rtasi) holati sog‘lom hududdagi suyaklar zichlik ko‘rsatkichlariga mos kelishi  aniqlangan;
ilk bor tish implantatlarga erta funksional yuklama ta’sirida chaynov muskullari (m. Masseter va m. Temporalis uchun koordinatsiya koeffisientining siqishda tinch xolatiga nisbatan ishonarli ortishi) biopotensialining ortishi va natijada ikki tomonlama chaynovning to‘liq tiklanishi isbotlangan;
ilk bor tish implantlariga tayangan ko‘priksimon protezlangan bemorlarda hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan ortiqcha funksional zo‘riqish implant atrofidagi suyak to‘qimasi atrofiyasi va implant atrofidagi yumshoq to‘qimaning yallig‘lanishi bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Og‘iz bo‘shlig‘i holatining tashxisiga ko‘ra ilmiy natijalarga asoslanib implantat va ortopedik protezlarning har bir bemor uchun individual modelini tanlash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
tish implantatlaridan foydalangan holda tish qatorlarining kichik nuqsonlari mavjud bemorlarni davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tish implantatlaridan foydalangan holda tish qatorlarining kichik nuqsonlari mavjud bemorlarni davolash taktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 8n-r/321-son ma’lumotnomasi.). Mazkur uslubiy tavsiyanoma joriy qilish ichki suyak implantatlariga tayanch bilan ortopedik davolash sifatini oshirish imkonini bergan;
erta va uzoq yuklamada tish implantatlari barqarorligi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Erta va uzoq yuklamada tish implantatlari barqarorligining tajribaviy asoslari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi 8n-r/329-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma joriy qilish tish implantatlari barqarorlik shartlarini belgilash va ularning yuklamasiga bog‘liq holda samaradorlikni aniqlash imkonini bergan;
tish implantatlarini qo‘llagan holda tish protezlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tish implantatlarini qo‘llagan holda tish protezlashning patogenetik asoslari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining RUz №8n-r/86 sonli 20 aprel 2018 yildagi ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma joriy qilish tish qatorlari nuqsonlari va alveolyar o‘simtalardagi suyak shakllanishi buzilishiga chalingan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Tish implantatdagi asos bilan differensial ortopedik davolash natijalari O‘zbekiston respublikasi stomatologiya poliklinikasining davlat unitar korxonasida, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi va MChJ “Turtinchi” stomatologiya poliklinikasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Joriy etiladigan natijalar tashxisot sifatini oshirish va ortopedik davolash taktikasini rejalashtirish, tajribaviy tadqiqotlarda shu narsa aniqlandiki, to‘laqonli suyak ko‘chishini ta’minlaydigan implantatni o‘rnatishning yo‘l qo‘yiladigan burchagi suyak o‘qiga nisbatan 15-17 gradusni tashkil qiladi, bu esa dental implantatsiyalardagi asoratlar sonining qisqarishiga va qisman,to‘liq tishsizligi bo‘lgan bemorlarni samarali reabilitatsiyalash ko‘rsatkichini yaxshilash imkonini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish