Ganiev Abduavaz Abdulaxatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘iz bo‘shlig‘i a’zolari va halqum rakining epidemiologik va molekulyar-biologik xususiyatlari, ularni korreksiyalash usullari, davolash va prognozlash» 14.00.14 - Onkologiya, 14.00.21 - Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSC/Tib311.
Ilmiy rahbarlar: Svetiskiy Pavel Viktorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdixakimov Abdulla Nusratillaevich tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Adxam Ibrohimovich, tibbiyot fanlari doktori; Abdujapparov Suleyman Baxretdinovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Nabieva Umida Pulatdjanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sifatida epidemiologik va molekulyar–biologik xususiyatlarni baholash bilan mahalliy tarqalgan orofaringeal saratonni davolash natijalarini yaxshilash va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz xalqum organlari orqa qismining mahaliy tarqalgan saratonida limfa tugunlardan metastazektomiya operatsiyasida qo‘llaniladigan bo‘yin limfadenektomiya usuli ishlab chiqilgan;
og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz xalqum organlarida tarqalgan saraton kasalligini xirurgik davolashda og‘iz bo‘shlig‘idagi yaralarni birlamchi bitishni amalga oshirishda orostoma usulidan foydalanish orqali jarrohlik amaliyot usuli ishlab chiqilgan;
orofaringeal saraton mahalliy tarqalgan bemorlarda Epshteyn-Barr infisirlanish darajasi rivojlanishida VEGF-A molekulyar-biologik markerning axamiyati isbotlangan;
kengaytirilgan jarroxlik amaliyotini amalga oshirish maqsadida keyingi yiringli asoratlarni kamaytirish, bemorlarning hayotiyligini oshirish bilan hayot sifatini ta’minlovchi mahalliy tarqalgan orofaringeal saratonda mandibulotomiyaning modifikatsiyalangan usulini qo‘llash mumkinligi isbotlangan;
oroforingeal soha tashxislangan bemorlarni davolashning turli usullarini qo‘llash samaradorligi bashoratlashning bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan mezonlari bilan molekulyar-biologik usullari takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Og‘iz bo‘shlig‘i a’zolari va halqum rakining epidemiologik va molekulyar-biologik xususiyatlari, ularni korreksiyalash usullari, davolash va prognozlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
og‘iz bo‘shlig‘i a’zolari va halqum rakining epidemiologik va molekulyar-biologik xususiyatlari, ularni korreksiyalash usullari, davolash va bashoratlashni takomillashtirish natijasida «Og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz xalqum organlarida saraton tarqalgan bemorlarni xirurgik davolash usuli» bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ 2694215, 2018). Natijada ushbu usul og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz xalqum organlarida saraton tarqalgan bemorlarni xirurgik davolash tizimini yaratishga imkon bergan;
og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz xalqum organlari orqa qismining tarqalgan saraton kasalligida bo‘yin limfadenoektomiya usulida davolash tartibini korreksiyalash natijasida «Og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz xalqum organlari orqa qismining tarqalgan saraton kasalligida bo‘yin limfadenoektomiya usuli» bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ 2694518, 2018). Natijada ushbu usul og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz xalqum organlari orqa qismining tarqalgan saraton kasalligida bo‘yin limfadenoektomiya orqali xirurgik davolash tizimini yaratishga imkon bergan;
og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz xalqum organlarida tarqalgan saraton kasalligini xirurgik davolash samaradorligini oshirishda orostoma usulidan foydalanishning ijobiy natijalarini inobatga olgan holda «Og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz xalqum organlarida tarqalgan saraton kasalligini xirurgik davolash samaradorligini oshirish orostoma usulidan foydalanish» bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ 2704599, 2019). Natijada ushbu usul og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz xalqum organlarida tarqalgan saraton kasalligini xirurgik davolash samaradorligini oshirish orostoma usulidan foydalanish orqali bemorlarni xirurgik davolash tizimini yaratishga imkon bergan;
orofaringeal soha saratoni bilan xastalangan bemorlarni davolashda modifisirlangan mandibulotomiya usulida priventiv orostomani tiklash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Orofaringeal soha saratoni bilan xastalangan bemorlarni davolashda modifisirlangan mandibulotomiya usulida priventiv orostomani tiklash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 8n–d/127–son ma’lumotnomasi). Natijada orofaringeal sohadagi mahalliy tarqalgan xavfli o‘smalar bilan xastalangan bemorlarni davolashda modifisirlangan mandibulotomiya usulida priventiv orostomani tiklash orqali bemorlarni davolashning samaradorligini oshirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
og‘iz bo‘shlig‘i a’zolarida mahalliy tarqalgan saratoni bilan xastalangan bemorlarni arteriya ichi regionar autoplazmakimyoterapiyasi yordamida kompleks davolashni optimizatsiyalashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Og‘iz bo‘shlig‘i mahalliy tarqalgan saratoni bilan xastalangan bemorlarni arteriya ichi regionar autoplazmakimyoterapiyasi yordamida kompleks davolashni optimizatsiyalash uslubi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 8n–d/127–son ma’lumotnomasi). Natijada og‘iz bo‘shlig‘i sohasida mahalliy tarqalgan saratoni bilan xastalangan bemorlarni kompleks davolashda arteriya ichi regionar autoplazmakimyoterapiyasidan foylanish orqali xavfli o‘smalarning mestazlanishini oldini olish, bemorlarni umr davomiyligini oshirish, sohaning funksional holatini tiklash orqali davolash tizimini va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
og‘iz bo‘shlig‘i a’zolari va halqum rakining epidemiologik va molekulyar-biologik xususiyatlari, ularni korreksiyalash usullari, davolash va bashoratlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona va Buxoro viloyatlari filiallarning klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 05 apreldagi 8n–d/127–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi jarrohlik aralashuvning ishlab chiqilgan turlari yiringli yallig‘lanishli asoratlar darajasini sezilarli darajada kamaytirish 33,6% ga nisbatan17,1%, orostomali mandibulotomiya hajmida qayta tiklash-plastik operatsiya natijasida yiringli-yallig‘lanish asoratlari kamayishi, shuningdek, orofaringeal saraton bilan bemorlar hayotiyligi, uning ijtimoiy tez moslashishi va turmush tarzining oshishi, asosiy guruhda asoratlar kuzatilmaganda 5-yillik hayotiylik 76,1% ni tashkil qilib, bemorlarning umrini uzayishi va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.