Gaziev Laziz Turgunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buyrak hujayrali saratonni bashoratlash va davolashningzamonaviy jihatlari» 14.00.14 - Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib 1188.
Ilmiy rahbar: Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedaminov Shuxrat Karimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Doniyor Kamildjanovich tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Inxa universiteti (Koreya Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: buyrak hujayrali saratoni xavf omillarini turlarini inobatga olgan holda moslashtirilgan yondoshish natijasida davolash tartibini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birlamchi buyrak xujayrali saratoni kechishi natijasiga ko‘ra limfovaskulyar invaziyasi, o‘sma stromasiga parenximasini nisbati, KIT, PD-1/PD-L1 reseptorlarining prognostik omillarini o‘rni va kasallik rivojlanishdagi xususiyatlari isbotlangan;
birlamchi buyrak xujayrali saratoni asosiy omillari bu limfovaskulyar invaziyasi, o‘sma stromasiga parenximasini nisbati hamda KIT, mTOR va PD-1/PD-L1 reseptorlarining salbiy xususiyatlari ekanligi ochib berilgan;
birlamchi buyrak xujayrali saratonida VEGF-A, PD-1/PD-L1 molekulyar-biologik markerlarning ekspressiyasi kuzatiladigan holatlarda ad’yuvant rejimida immunoterapiya o‘tkazilish zarurligi isbotlangan;
ilk maratoba birlamchi buyrak xujayrali saratonida yukori xavf guruhda – ad’yuvant immunoterapiya, o‘rta xavf guruh – intensiv dinamik kuzatuv va past xavf guruhida – standart dinamik kuzatuv o‘tkazish samaradorligini taktikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buyrak hujayrali saratonni bashoratlash va davolashning zamonaviy jihatlari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
buyrak hujayrali saratonni bashoratlash va davolashning zamonaviy jihatlari qo‘llash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Birlamchi buyrak hujayrli saratonini davolashga moslashtirilgan yondoshish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 8 sentyabrdagi 8n–r/297–son ma’lumotnomasi). Natijada birlamchi buyrak hujayrli saratoni davolashda bashorotlovchi xavf guruhiga nisbatan natijalarni yaxshilash hamda xavf guruhidagi bemorlarda metastazlar va qaytalanishning dinamik nazoratini optimallashtirish imkonini bergan;
buyrak hujayrali saratoni bashoratlash va davolashning zamonaviy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo va Sirdaryo viloyati filiallari klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n–d/154–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi buyrak hujayrali saratonni bashoratlashda omilli tahlili kasallikni bashoratlashda eng ahamiyatli parametrlarni ajratish, maksimal ehtimollik usulidan foydalanib, integral bashoratlash nomogramma ishlab chiqish, u yuqori aniqlik bilan kasallangan bemorning xavf guruhini baholash  va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish