Bekmirzaev Raximjon Melikuzievich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz-jag‘ soxasi xavfli noepitelial o‘smalarini davolashni takomillashtirish», 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib248.
Ilmiy rahbar: Xasanov Akbar Ibraximovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Polatova Djamila Shagayratovna tibbiyot fanlari doktori; Baymuradov Shuxrat Abdujalilovich tibbiyot fanlari doktori;
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuz-jag‘ sohasi xavfli noepitelial o‘smalarini davolash samardorligini oshirishda arteriya ichi kimyoterapiyani takomillashtirishdan iborat t.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuz-jag‘ sohasi xavfli noepitelial o‘smalarida qon ketish asoratlarni bartaraf qilishga qartilgan arteriya ichi kimyoterapiyasining davolash usuli ishlab chiqilgan;
yuz-jag‘ soxasi xavfli noepitelial o‘smalari bilan uzoq muddatli arteriya ichi kimyoterapiya va nur terapiyasi olgan bemorlarda kimyoviy dorilarining toksik ta’siri an’anaviy davolangan bemorlarga nisbatan zaharlanish darajasi kamayganligi isbotlangan;
patomarfozning III-IV darajasida uzoq muddatli arteriya ichi kimyoterapiya qabul qilgan bemorlarda tizimli kimyoterapiyasi bilan davolangan bemorlarning nisbatan davolanishning ijobiy natijasi isbotlangan;
yuz-jag‘ sohasi xavfli noepitelial o‘smalarida uzoq muddatli arteriya ichi kimyoterapiyasi+ul`tra yuqori chastotali gipertermiya an’anaviy davo usulga nisabatan neoad’yuvant rejimida utkazishda davolash tartibi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuz-jag‘ xavfli noepitelial o‘smalarini davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Yuqori jag‘ning noepitelial xavfli o‘smalari bilan bemorlarni davolash usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05452, 2015). Natijada ushbu usul yuz-jag‘ning noepitelial xavfli o‘smalarni samarali tashxislash va zamonaviy xirurgik davolash tizimini yaratishga imkon bergan;
yuqori jag‘ning noepitelial xavfli o‘smalari bilan bemorlarni davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yuqori jag‘ning noepitelial xavfli o‘smalari bilan bemorlarni davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 oktyabrdagi 8n–d/219–son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma qovuq invaziv saratoni bo‘lgan bemorlarni davolashning samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Yuz-jag‘ xavfli noepitelial o‘smalarini davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markaziing Farg‘ona filiali faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 oktyabrdagi 8n–d/219–son ma’lumotnomasi). Natijada yuz-jag‘ xavfli o‘smalari bilan xastalangan bemorlarning 3 yillik va 5 yillik yashovchanlik ko‘rsatkichlari 1-guruhda 5 yillik yashovchanlik 1,27 marta, 2-guruh 1,24 baravar ortishi bilan taqqoslanganda esa bu ko‘rsatkichlar 1,84 va 1,80 marta uzayganligi bemorlarning umrini uzayishi va hayot sifatini yaxshilash imkonini yaratgan.