Normurodova Nigora Abdusattorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining savod o‘rgatishga kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped498.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xamraev Alijan Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining savod o‘rgatishda kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining muloqot samaradorligi tuzilmasi universal kasbiy, umumkasbiy va maxsus kompetensiyalarni axborotga sezgirlik, amaliyotga bo‘lgan ijodiy munosabatiga aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyalari transformatsiya paradigmasi o‘zgarishlari kontekstida paydo bo‘lgan empirik va nazariy shart-sharoitlarning ierarxik darajasini tarmoqli ta’lim maydonida aniqlashtirish asosida rivojlantirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligi ko‘rsatkichlari qadriyatli-maqsadli, didaktik-uslubiy, miqdoriy va sifat parametrlarining o‘zgarishlarini mantiqiy-mazmunli, modulli bosqichlari adaptiv va reproduktiv o‘qitishga integratsiyalashuvi asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga savod o‘rgatish kasbiy-metodik kompetentligi malakaga asoslangan metodologik yondashuvlar, o‘zaro ta’sir sub’ektlarining haqiqiy va potensial, real va noreal omillari o‘rtasidagi munosabatlarning konseptual jihatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining savod o‘rgatishga kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
universal kasbiy, umumkasbiy va maxsus kompetensiyalarni sinergetik integratsiyalash asosida takomillashtirilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy-metodik kompetentligi tuzilmasiga oid xulosa va tavsiyalardan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari malakasini oshirish kurslarining tayanch rejasi asosida tayyorlangan “Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish metodikasi” va “Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar” moduli bo‘yicha o‘quv-metodik resurslarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 maydagi 89-03-1962-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
mustaqil ta’limning komponentlari asosida rivojlantirilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining savod o‘rgatishda kasbiy-metodik kompetensiyalar ierarxik darajasiga oid taklif va xulosalardan «Ona tili o‘qitish metodikasi (Savod o‘rgatish metodikasi)» o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 23-son buyrug‘i, №522-093). Natijada, «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmuasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘qitishning reglamentlik tamoyiliga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirish modeliga oid taklif va xulosalardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 30 noyabrdagi 877-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 maydagi 89-03-1962-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirishning elektron axborot ta’lim resursi yaratilgan;
adaptiv va reproduktiv o‘qitishga integratsiyalashuvi aniqlashtirilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari savod o‘rgatishda kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirishning modulli bosqichlariga oid taklif va xulosalardan «Ona tili o‘qitish metodikasi (Savod o‘rgatish metodikasi)» o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 23-son buyrug‘i, №522-093). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari malakasini oshirish tizimi o‘quv-metodik ta’minoti boyitilishiga xizmat qilgan.