Matyakubov Izzat Batirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped191.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich pedagogika fanlari doktori, professor, Ahmedov Ma’rufjon Mamirdjanovich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining amaliy kompetensiyalarining prakseologik uzviyligi sub’ekt-sub’ekt munosabatlari bilan individual tanlov erkinligining o‘zaro qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchisida musiqa obrazini rivojlantirishning refleksiv mexanizmlari dirijyorlik texnikasini egallashning individual ta’lim traektoriyasini va faol musiqaterapiyani tizimli qo‘llash algoritmining kasbiy kompetensiyalarga modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli Sharq mumtoz san’at mutafakkirlarining badiiy-estetik tarbiya qarashlarini turkumlashtirish hamda talabalarning estetik tarbiyalanganlik darajasini diagnostik aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak musiqa o‘qituvchisini vokal malakalarini baholash samaradorligini modulli-strukturali yondashuv bilan xalqchillik tamoyilining qayta aloqaga kirishish darajasining sub’ektiv ta’sirchanligini kengaytirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
motivatsion, maqsadli, operatsional, funksional, nazorat, baholash komponentlari tizimli integratsiyasi orqali rivojlantirilgan bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining amaliy kompetensiyalarining prakseologik (amaliy, ratsional, samarador) uzviyligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 17 apreldagi №87-02-1199 “Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari-ning davlat ta’lim standartlari asosida fan dasturlarini ishlab chiqish va tadbiq etish tartibi” buyrug‘i mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 17 apreldagi 87-02-1199-son buyrug‘i). Natijada, “Pano Tuner”, “Shazam”, “ORG 2020” metodlaridan foydalanish bo‘yicha mutaxasisslik fanlari uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan;
tizimli yondashuv bo‘yicha dirijyorlik texnikasini egallashdagi pedagogik strategiyalari orqali takomillashtirilgan bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishning refleksiv mexanizmlariga oid takliflardan “Dirijyorlik” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-son buyrug‘i, № 654-140). Natijada, sirtqi va maxsus sirtqi shaklda o‘qiyotgan talabalar uchun mustaqil ta’lim elektron resurslarining t.me/M_I_B_konal yaratilgan;
etnopsixologik xususiyatlar, axloqiy qarashlar, hayotiy e’tiqodlarni rivojlantirishning ta’limiy-didaktik imkoniyatlarini Sharq mumtoz san’at mutafakkirlarining badiiy-estetik tarbiya qarashlariga uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish modeliga oid takliflardan “Xor va xorshunoslik” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-son buyrug‘i, №654-142). Natijada, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
blum taksonomiyalarini portfolio texnologiyalariga uyg‘unlashtirishi asosida takomillashtirilgan bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi amaliy kompetensiyalarini baholash tuzilmasi(sub’ekt, shaxsiy, moddiy, axloqiy, natijaviy, protsessual, miqdor va sifat)ga oid takliflardan “Dirijyorlik” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-son buyrug‘i, №654-140). Natijada, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish darajalari aniqlangan.