Ismoilova Xurshida Toxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tabaqalashgan yondashuv asosida talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped559.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Nodira Meliboevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Haydarov Mamat Eshqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Quronov Muhammadjon Quronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tabaqalashtirilgan yondashuv asosida talabalar ma’naviyatini diagnostika qilishning mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ma’naviy etuklikka ta’sir etuvchi ob’ektiv va sub’ektiv komponentlar ma’naviy tarbiya tizimi ob’ektlarini axborot-kommunikatsion, ilmiy, tarbiyaviy, kognitiv, korreksion, ijtimoiy, psixologik, madaniy, estetik dinamikasi namoyon bo‘lishi barqarorligini diagnostika qilish asosida takomillashtirilgan;
ma’naviy-axloqiy qadriyatlar diagnostika jarayonlari talabalarda ijtimoiy faollikni belgilab beruvchi shaxs integrativ xossalari hamda pedagogik korrelyasiya, intuitiv tahlil, an’anaviy va noan’anaviy didaktik imkoniyatlari mazmunini korreksion treninglar o‘tkazish asosida takomillashtirilgan;
talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish va korreksiyalash modeli korreksion faoliyat jarayonida mustahkamlash va innovatsion pedagogik ta’sir va pedagogik muammolarning samarali echimini shaxsga, faoliyatga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmi ma’naviy bo‘shliqlarni aniqlash, tarbiya usullarini korreksion faoliyatning hissiy-irodaviylik bosqichiga bevosita yo‘naltirishda tabaqalashgan yondashuvni adaptiv joriy etish natijaviyligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabaqalashgan yondashuv asosida talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
tabaqalashgan yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilar ma’naviy etuklikka ta’sir etuvchi ob’ektiv va sub’ektiv komponentlar (aksiologik, fenomenologik, mobillik) ma’naviyatini diagnostika qilishning intellektual hissiy-irodaviy va mustaqil faoliyatini hamda kasbiy sifat samaradorligiga ta’sir etuvchi amaliy ijtimoiylashgan real hayotiy muhitni tashkil qilishga doir takliflari pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standartlari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlining 2020 yil 17 iyuldagi 89-03-2591-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalar tizimi rivojlantirilgan;
talabalar ma’naviy-axloqiy qadriyatlar diagnostikasi jarayonlarida ularning ijtimoiy faollikni belgilab beruvchi shaxs akmeologik pozisiyasi integrativ xossalarining didaktik imkoniyatlari mazmunini ifodalovchi innovatsion ta’lim muhitini takomillashtirish modeli, universal idiomalar, frazeologizmlar, maqollar va matallar asosida maxsus tashxis metodikasini korreksion faoliyat jarayonida tizimli qo‘llashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan №ITD-4-122 “Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish” (2009-2011 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26 oktyabrdagi 89-03-4204-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning qadriyatli bosqich mazmunini ishlab chiqish va ma’naviyatini tashxis etishning lokal-modulli texnologiyasini takomillashtirishga erishilgan; 
tabaqalashgan yondashuv asosida talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmi ma’naviy bo‘shliqlarni aniqlash, tarbiya usullarini korreksion faoliyatning hissiy-irodaviylik (autopsixologik, suggestiv, refleksiv)bosqichiga bevosita yo‘naltirishda tabaqalashgan yondashuvni adaptiv joriy etish natijaviyligini hisobga olish asosida takomillashtirish, SPSS-18 dasturi (ijtimoiy fanlarda olingan axborotni qayta ishlash kompyuter ilovasi) vositasida ma’naviy bo‘shliqlarni tezkor aniqlash, ta’sirchan tarbiya usullarini korreksion faoliyatga yo‘naltirishga doir amaliy takliflaridan OT-F1-36.“Talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish” (2017-2020 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26 oktyabrdagi 89-03-4204-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ma’naviyatini diagnostika qilish metodikasi samaradorligini oshirishga ko‘maklashgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish