Azizova Qizlarxon Mashrabovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integrativ-pedagogik faoliyatini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped1391.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malakasini oshirishda metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malakasini oshirish kurslarida kasbiy ehtiyojlarga asoslangan fanlararo yaxlitlash darajalari malaka oshirish traektoriyasini shakllantirish jarayonida shaxsda shakllangan ijtimoiy-pedagogik va tarbiyaviy xususiyatlarning aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari integrativ-pedagogik faoliyati interiorizatsiya, improvizatsiya, refleksiv va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari muammoli topshiriqlarni echa olish, o‘zaro yordam, o‘z-o‘zini baholash, o‘zaro musobaqalashish, mustaqil qaror qabul qilish asosida o‘qituvchi shaxsining individual yondashuvi hamda o‘quvchilar bilish faoliyatini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari integrativ-pedagogik faoliyatining konseptual modeli integrativ aloqadorlikning ta’limiy-didaktik imkoniyatlarini o‘quv materialini ta’lim mazmunining shakli, birligi va uni moddiylashtirish darajasiga aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda milliy qadriyatlarga oid tushunchalarni rivojlantirish jarayonlari dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar, maqsadli kurslar, vebinarlar va o‘quv materiallarining didaktik xususiyatlari, amalga oshirish bosqichlari, texnologiyalarini rivojlantirish mazmuni uzluksiz ta’lim jarayonlariga refleksiv-ijodiy ehtiyojlarga asoslangan variativ-modulli dasturlarni kiritish orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integrativ-pedagogik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
kognitiv, amaliy, xissiy-qadriyatli komponentlarga ustuvorligi rivojlantirilgan malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integrativ-pedagogik faoliyatiga oid takliflardan A-4-134 raqamli «Oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarning kasbiy, pedagogik va ma’naviy-ma’rifiy sohalar bo‘yicha bosqichma-bosqich malaka oshirish texnologiyalari» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 123-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslarida fanlardan integratsiya tizimi aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari integrativ-pedagogik faoliyatida integrativ yondashuv (funksional, fan, tarixiy), metodik yondashuv (tizimli, kompleks, integrativ)ning aniqlashtirilgan funksiyalari va umumiy tushunchalar bo‘yicha o‘ziga xos hamda yo‘nalishi, paydo bo‘lishi va spesifikasi bo‘yicha farqli xususiyatlariga oid takliflaridan  “Ona tili fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil  6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i bilan berilgan № 522-092-son guvohnoma). Natijada, malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integrativ-pedagogik faoliyati takomillashuviga xizmat qilgan;
fan ichi, fanlararo, tizimlararo integrativ aloqadorlik orqali sohaviy, korporativ, hududiy integrativ ta’lim bo‘yicha takomillashtirilgan   malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integrativ-pedagogik faoliyatini rivojlantirishning konseptual modeliga oid takliflardan A-4-134 raqamli «Oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarning kasbiy, pedagogik va ma’naviy-ma’rifiy sohalar bo‘yicha bosqichma-bosqich malaka oshirish texnologiyalari» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 123-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integrativ yondashuvdan foydalanishi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
prinsipial yondashuv bo‘yicha integrativ bitiruv malaka ishlar orqali aniqlashtirilgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integrativ-pedagogik faoliyatini rivojlantirish texnologiyasi bosqichlariga oid takliflardan “Ona tili fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i bilan berilgan  522-092-son guvohnoma). Hatijada, integrativ bitiruv malaka ishlari mavzulari banki shakllantirilgan va bitiruv malaka ishlarini tayyorlash bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish