Yusubova Rano Norboyevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja  beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tejamlilik va ortiqchalikning lingvopoetik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olinganraqam:B2019.4.DSc/Fil192.
Ilmiy maslahatchi: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlaridoktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Hakimov Muhammad Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Eltazarov Jo‘liboy Danabaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Ma’rufjon Muxammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy matnda tejamlilik va ortiqchalikning lingvopoetik xususiyatlarini ilmiy-nazariy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘chim asosidagitejamlilikning lingvopoetik imkoniyatlarimetaforik hamda metonimik tejamlilikning badiiy matnga ixchamlashtirilgan obrazli tus berishi “inson” konsepti doirasida ma’noviy-mantiqiy, milliy-madaniy hamda lingvopoetik yondashuvga ko‘ra ochib berilgan;
badiiy matnda tejamlilikka asoslangan kinoyaning turli pragmatik omillar ta’sirida sodir bo‘lishi va doimiy sub’ektning salbiy bahosi ifodachisiga aylanishi, shuningdek, keng mazmunning bir til birligida okkazional voqelanishining lingvopoetik qimmati asoslangan;
tejamlilikning semantik-sintaktik nomuvofiqlik asosida voqelantirilishi, badiiy matnda noverbal vositalarning tejamlilikka muvofiq vujudga kelishi va verbal vositalar o‘rnini to‘ldirishi, tejamlilikning shakliy-mazmuniy nomuvofiqlik asosida namoyon bo‘lishi,  situativ, kontekstual hamda semantik ellipsisning lingvopoetik imkoniyatlari aniqlangan; 
leksik sinonimlar qatorida birlashtiruvchi semaga ega bo‘lgan leksemalar ifoda darajalari yoki emotsional-ekspressivligi bilan o‘zaro farqlangan holda leksik ortiqchalik tamoyiliga mos tarzda qo‘llanishi bilan bog‘liq lingvopoetik yondashuv mumtoz adabiy asarlar misolida dalillangan; 
affiksal hamda leksik-affiksal ortiqchalikning poetik matnga badiiy tus berishi,  semantik ortiqchalikning timsol yaratish maqsadi bilan poetik ma’noni qoliplovchi vositaga aylantirishi, sintaktik ortiqchalikka xos gap modellarining lingvopoetik qimmati mumtoz adabiy asarlar misolida dalillangan;
“qizil”, “qora”, “sariq”ma’nolarini anglatuvchi semema va semalar, sinonimlar sinonimiyasining semantik va leksik ortiqchalik fonidagi lingvopoetik imkoniyatlari Alisher Navoiy lirikasi misolida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tejamlilik va ortiqchalikning lingvopoetik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tildagi tejamlilik va ortiqchalikning badiiy-estetik vazifalari, leksik sinonimlarning qo‘llanishi bilan bog‘liq lisoniy ortiqchalikning badiiy vazifalari, rang bildiruvchi leksemalar sinonimiyasining lisoniy ortiqchalik fonidagi badiiy imkoniyatlari haqidagi nazariy xulosalardan FA-F1-GOO3 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 15 oktyabrdagi 17.01/121-son dalolatnomasi). Ilmiy natijalar asosida tejamlilik va ortiqchalikning badiiy-estetik vazifalari mukammallashtirilgan; 
mumtoz she’riyatda leksik sinonimlarning qo‘llanishi bilan bog‘liq lisoniy ortiqchalikning badiiy vazifalarini Navoiy lirikasi misolida yoritishga oid nazariy xulosalaridan XT-F2-004 raqamli «O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari» mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2020 yil 4 noyabrdagi 89-03-4405-sonli ma’lumotnomasi).  Ilmiy natijalar tejamlilikka asoslangan xalq og‘zaki ijodi namunalarini tahlil qilish va izohlashda nazariy va amaliy manba sifatida xizmat qilgan; 
badiiy matn yaratilishida shaxs (ijodkor)ning til haqidagi bilimlari fondini, ushbu fondda tejamlilik va ortiqchalikning yashovchanligini tadqiq etish o‘zbek mentalitetiga xos badiiy fikrlash tarzini chuqurroq yoritishi haqidagi qarashlaridan, ijtimoiy faoliyatda namoyon bo‘luvchi siyosiy-mafkuraviy, falsafiy, axloqiy, diniy va badiiy-estetik qarashlar mujassam bo‘lgan badiiy nutqning lingvopoetik tahlilida tejamlilik va ortiqchalikning til ro‘yobidagi o‘rnini belgilash xususidagi xulosalardan FA-F1-G002 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 15 oktyabrdagi 17.01/121-son dalolatnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga tatbiq etilishi badiiy nutqning lingvopoetik tahlilida tejamlilik va ortiqchalikning til ro‘yobidagi o‘rnini belgilashda, badiiy-estetik vazifalarini badiiy asar tili xarakteridan kelib chiqib ilmiy tekshirishda muhim asos bo‘lib xizmat qilgan;
semantik-sintaktik nomuvofiqlik asosidagi tejamlilikning badiiy-estetik vazifalarini o‘zbek xalq maqollari asosida reallashuvini tahlil qilish haqidagi nazariy xulosalardanFA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 15 oktyabrdagi 17.01/121-son dalolatnomasi). Tadqiqot natijalari xalq og‘zaki ijodida til birliklarining o‘zaro semantik-sintaktik nomuvofiqlik asosida voqelanishi xususidagi mulohazalarga murojaat qilinganligi haqida chiqarilgan xulosalar asos bo‘lib xizmat qilgan; 
tejamlilik yoki ortiqchalikning badiiy matndagi hamda muloqot jarayonidagi ko‘rinishlariga oid xulosalardan Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Qadriyat”, “Daxldorlik tuyg‘usi”, “Moziyganazar”singari turkum ko‘rsatuvlarining tegishli sonlarida,“Assalom, yangi kun” tonggi dasturida, “O‘zbekiston 24” telekanali orqali efirga uzatilgan “Moziyga nazar” ko‘rsatuvida, Navoiy viloyat radiosi orqali efirga uzatilgan “Dolzarb mavzu”, “Munosabat”eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 26 oktyabrdagi 01-02/105-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan publisistik, ilmiy-ommabop materiallarning shakliy-mazmuniy jihatdan mukammallashuvi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish