Tuguzov Bunyod Esonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chanoq-son bo‘g‘imida endoprotezlashni takomillashtirish», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib505.
Ilmiy rahbar: tibbiyot fanlari doktori, dotsent Xamraev Alisher Shaxabovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc 04/30.12.2020.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Abdurazakov Urazbay Abdurazakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Qozog‘iston Respublikasi uzluksiz tibbiy ta’lim Universiteti; Xudoyberdiev Kobiljon Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maksadi: Chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlashni takomillashtirish asosida uning funksional natijalarini yaxshilash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqilgan endoprotez boshchasining biomexanik rotatsiya markazini aniqlash moslamasidan foydalanish endoprotez boshchasi uzunligini tanlash va jarroxlik amaliyoti vaqtida oyoq uzunligini korreksiya qilishga imkon berishi isbotlangan;
endoprotez komponentlari protruziyasini oldini olish uchun m.Iliopsoas payini tenotomiya qilish va yuqoriga dislokatsiya bo‘lgan sonni bir vaqtning o‘zida pastga tushirish taktikasi takomillashtirilgan;
son boshchasi qoldig‘ini olish uchun ishlab chiqilgan ekstraktorni qo‘llash orqali bajariladigan jarrohlik amaliyotining kam jarohatliligi va quymich kosasi devorlarining butunligi saqlab qolinishi isbotlangan;
chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlashda takomillashtirilgan tashxislash va davolash ketma-ketligi endoprotez komponentlarining aseptik nostabilligini oldini olishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chanoq-son bo‘g‘imida endoprotezlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
son suyagi boshchasini ekstraksiya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida ishlab chiqilgan «Suyak bo‘laklarini tutib turuvchi qurilma» nomli foydali modelga Intellektual mulk agentligi patenti olingan (FAP 00597, 31.12.2010 yil). Olingan natijalar chanoq kosachasi devorlarini shikastlanishlarini oldini olish imkonini bergan;
son proksimal qismi chandiqli yumshoq to‘qimalarini mobilizatsiya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida ishlab chiqilgan «Suyak usti pardasini suyakdan ajratish uchun qurilma»ga Intellektual mulk agentligi patenti olingan (FAP 00627, 22.06.2010 yil). Olingan natijalar son proksimal qismini to‘liq mobilizatsiya qilishga va EK fazoviy orientatsiyasini yaxshilashga imkon yaratgan;
chanoq-son bo‘g‘imida endoprotezlashni takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida ishlab chiqilgan «Chanoq-son bo‘g‘imi endoprotez komponentlari aseptik barqarorsizligini oldini olish usullari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 14 fevraldagi 8n–d/22–son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma chanoq-son bo‘g‘imi epdoprotezi komponentlari aseptik barqarorsizligini oldini olish, bemorlarni davolashda xirurgik amaliyotning samaradorligini oshirish, zararlangan chanoq-son bo‘g‘imi faoliyatini tiklashni yaxshilash imkonini bergan.
Chanoq-son bo‘g‘imida endoprotezlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy–amaliy tibbiyot markazining Samarqand viloyati filiali va Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli klinikasida joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 martdagi 8n–z/47–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilinishi natijasida endoprotez boshchasi biomexanik rotatsiya markazini aniqlovchi instrumentdan foydalanish va m. iliopsoas payini tenotomiyasi 97,2%gacha bemorlarda oyoqlar uzunligini tenglashtirishga erishildi xamda operatsiya qilingan bo‘g‘im faoliyatining barqarorlanishi esa 98,4%gacha oshirish imkonini bergan.