Rasulov Mirzoxid Rasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Tizza qopqog‘ining odatiy chiqishini xirurgik davolash uslublarini takomillashtirish, 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tib1051.
Ilmiy rahbar: Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. DSc.04/30.12. 2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Kostrub Aleksandra Alekseevich. tibbiyot fanlari doktori professor; Shorustamov Muxammadjon Todjialievich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tizza qopqog‘i odatiy chiqishini bo‘g‘imning medial yumshoq to‘qimalari differensial tiklash orqali xirurgik davolash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
posttravmatik tizza qopqog‘i odatiy chiqishlarini davolashda tizza qopqog‘i medial yuzasida m. gracilis bog‘lamini o‘tkazish maqsadida tunnel yaratish, tayyorlangan paydan hosil qilingan bog‘lamni kapsula va tashqi fassiyani orasidan o‘tkazib, son suyagini medial dumboqchasiga biodegidrogenizatsiyalovchi shurup yordamida tizza qopqog‘ini fiksatsiyalashdan iborat bo‘lgan jarroxlik usuli ishlab chiqilgan;
tizza qopqog‘i odatiy chiqishini davolashda uning siljish darajasi va yo‘nalishi, doimiy yoki qaytalanuvchiligi kabi xolatlarni o‘z ichiga olgan xolda ishlab chiqilgan tasnif va ballar yig‘indisining mezonlar soniga nisbatiga asoslangan ishlab chiqilgan formula yordamida aniqlangan operativ davolash turini tanlash taktikasi ijobiy davolash natijalariga erishish imkonini yaratishi isbotlangan;
takomillashtirilgan six-sterjenli osteosintez moslamasi tizza qopqog‘ini fiziologik xolatda fiksatsiya qilishi bo‘g‘im ichi yumshoq to‘qimalarida qayta chandiqlanish va patello-femoral artrozini oldini olishi isbotlangan;
tizza bo‘g‘imi artroskopiyasi yordamida m.gracilis payi bilan autoplastika qilish va biodegidrogenizatsiyalovchi shurup orqali stabilizatsiyalash kombinatsiyasi tizza bo‘g‘imini immobilizatsiya muddatining qisqarishi va tizza qopqog‘ining 2-3 darajadagi siljishlari residivlarini bartaraf etishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tizza qopqog‘ini odatiy chiqishlarini tashxislash va davolash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
tizza qopqog‘i posttravmatik lateral chiqishlarini xirurgik davolash bo‘yicha olingan ilmiy natidalar asosida ishlab chiqilgan «Tizza qopqog‘i posttravmatik lateral chiqishlarini xirurgik davolash uslubi»”ga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05897, 19.07.2019 y.). Taklif etilgan uslubni qo‘llash erta va kechki natijalarni yaxshilashga va operatsiyadan keyingi asoratlar sonini kamaytirishiga imkon bergan;
«Tizza qopqog‘i chiqishlarini davolash uchun moslama»ga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (№FAP 00739, 19.06.2012 y.). Olingan natijalar tizza bo‘g‘imi qopqog‘ini stabilligini ta’minlagan;
tizza qopqog‘i odatiy chiqishlarini diagnostikasi va xirurgik davolash bo‘yicha olingan ilmiy natidalar asosida ishlab chiqilgan «Tizza qopqog‘i odatiy chiqishlarini diagnostikasi va xirurgik davolash»” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 25 sentyabrdagi 8n-d/137-son ma’lumotnomasi). Olingan ma’lumotlar tizza qopqog‘i odatiy chiqishi natijalarini yaxshilashga yordam bergan;
TQ odatiy chiqishi mavjud bemorlarni diagnostika qilish va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Xorazm ko‘p tarmoqli viloyat tibbiyot markazi, Namangan viloyati ko‘p tarmoqli klinik shifoxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali amaliyotiga tadbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 25 sentyabrdagi 8n-d/137-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar odatiy chiqishlari mavjud bemorlarda odatiy chiqish residivini yo‘qotishga va tizza bo‘g‘imi funksiyalarini 96,4% yaxshilanishiga imkon yaratgan.