Latipov Zuhriddin Yoqub o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kaliy rudalari chiqindilarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish usulini ishlab chiqish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T668.
Ilmiy rahbar: [Norov Yunus Djumaevich], texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02
Rasmiy opponentlar: Aliqulov Shuhrat Sharofovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Ochilov Shuhratulla Atoevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kaliy rudalari chiqindilarining tabiiy ekotizimga, chiqindi ag‘darmasini kimyoviy qotirish yordamida salbiy ta’sirini kamaytirish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tepaqo‘ton kaliy konining chiqindi saqlash tashqi maydonidan oqilona foydalanishni samaradorligi hamda tuz chiqindilarini texnik tuz ag‘darmasiga va chiqindi ombori ag‘darmasiga joylashtirish uchun echimlar ishlab chiqilgan;
Tepaqo‘ton kaliy konining tashqi maydon parametrlaridan oqilona foydalanish matematik modeli ishlab chiqilgan;
Tepaqo‘ton kaliy konining tuz chiqindilarini qotirish uchun qoldiq tuz chiqindi aralashmalari tabiati va kelib chiqishiga o‘xshash boshqa bir eritmaga qotiruvchi moddalar qo‘shish orqali silikatlash usuli va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
Tepaqo‘ton kaliy konining tuz chiqindilarini qotirishning kimyoviy usulini amalga oshirish bo‘yicha ishlarning sifatini va xavfsizlik choralarini tekshirish usuli, resepti, loyihasi va rejasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kaliy rudasi chiqindilarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tuz ag‘darmasini va 1-sonli sho‘r suv omborini fil`trdan himoya qilish texnologiyasi «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ Tepaqo‘ton kaliy konida amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2021 yil 15 apreldagi 14-1432-son ma’lumotnomasi). Natijada, kaliy rudalarining tuz chiqindilarini atrof-muhit va er osti suvlariga salbiy ta’sirini kamaytirish imkonini bergan;
kaliy konlarida tuz chiqindilarini qotirishning kimyoviy usuli «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ Tepaqo‘ton kaliy konida amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2021 yil 15 apreldagi 14-1432-son ma’lumotnomasi). Natijada, atrof-muhitning ifloslanishini kamaytirish, tabiiy ekotizim va er yuzining sho‘rlanish holatini pasaytirish, sho‘rlanishning oldini olish va kaliy rudalari tuz chiqindilarining atrof-muhitga ta’sirini minimal darajaga tushirish imkonini bergan.