Kasimov Azamat Abdukarimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat tarmog‘i samaradorligini oshirish jarayonlarini ekonometrik modellashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)”,08.00.06 –Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt1104.
Ilmiy rahbar:Maxmudov Nosir Maxmudovich,iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc.29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Ataniyazov Boltaboy, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; To‘raev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi hududiy sanoat tarmog‘i rivojlanish jarayonlarining tarkibiy va tuzilmaviy o‘zgarishlarini tahlil qilish, iqtisodiy samaradorligini ekonometrik modellarini tuzish va prognozlash bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududiy sanoat salohiyatini ifodalovchi integrallashgan ko‘rsatkichlar tizimi «investisiyalarning sanoat o‘sishiga ta’siri darajasi», «sanoatda innovatsion salohiyat darajasi» va «sanoatda eksportni diversifikatsiyalash» indikatorlarini kiritish orqali takomillashtirilgan( );
hududiy sanoat mahsulotlari hajmiga «logistik xarajatlar o‘zgarishi»ning mul`tiplikativ bog‘lanishini ekonometrik baholashning eksponensional trend va ishlab chiqarish funksiyalarining modifikatsiyalashgan modellari ishlab chiqilgan ( ), ( );
hududiy sanoat korxonalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligini investision, innovatsion va texnologik omillar hisobiga ekonometrik baholashning integral koeffisientlari ishlab chiqilgan( ), ( );
taqqoslama trend modellarini tuzish asosida Surxondaryo viloyati sanoatining istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududiy sanoat tarmog‘ini ekonometrik modellashtirish asosida samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududiy sanoat salohiyatini ifodalovchi integrallashgan ko‘rsatkichlar tizimi «investisiyalarning sanoat o‘sishiga ta’siri darajasi», «sanoatda innovatsion salohiyat darajasi» va «sanoatda eksportni diversifikatsiyalash» indikatorlarini kiritish orqali takomillashtirilgan varianti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi PQ-4796-son «O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 25 avgustdagi 05/17-04-12/20-1049-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hudud sanoatining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini tavsiflashda, mavjud zahiralarni belgilashda statistik axborotlar bazasini kengaytirish va ko‘rsatkichlar orqali baholash imkoniyatlari oshgan;
hududiy sanoat mahsulotlari hajmiga «logistik xarajatlar o‘zgarishi»ning mul`tiplikativ bog‘lanishini ekonometrik baholashning eksponensional trend va ishlab chiqarish funksiyalarining modifikatsiyalashgan modellari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hududiy sanoatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 25 avgustdagi 05/17-04-12/20-1049-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat rivojlanishida omillar ta’sirini baholash asosida sanoatning o‘sish sur’atlarini oldindan bilish va rejalashtirish natijalarining ishonchlilik darajasini oshirishga erishilgan;
hududiy sanoat korxonalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligini investision, innovatsion va texnologik omillar hisobiga ekonometrik baholashning integral koeffisientlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hududiy sanoatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 25 avgustdagi 05/17-04-12/20-1049-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida hududiy sanoat ishlab chiqarishni tahlil qilish jarayonini soddalashtirish va keng qamrovli natijalar olish hamda iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash imkoniyatlari oshishiga erishilgan;
Surxondaryo viloyati sanoatining istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha yo‘l-xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 25 avgustdagi 05/17-04-12/20-1049-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda joriy etilishi natijasida hududiy sanoatni iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yillik tahliliy materiallar tayyorlashda foydalanilgan.