Jumaev Akbar Mahmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda turizmning innovatsion rivojlanishini statistik baholashni takomillashtirish”,08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan  raqam: B2019.2.PhD/Iqt930.
Ilmiy rahbar:Shadiev Xamid Azimovich,iqtisodiyot fanlari doktori, professor  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: G‘oyibnazarov Baxodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turizm sohasini  innovatsion rivojlanishini statistik baholashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm sohasini innovatsion rivojlanishini baholovchi statistik ko‘rsatkichlar tarkibi «safarlarni tez-tez amalga oshiruvchi tashrif buyuruvchilar soni» va «safar vaqt oralig‘i 4 soatdan kam bo‘lgan tashrif buyuruvchilar soni» ko‘rsatkichlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
T-AVS(Tourism – Attractions, Basics, Context)) hamda TLG(Tourism Led Growth) modellari Delphi metodi asosida takomillashtirilgan va shu asosida hududlarda turizmning innovatsion rivojlanish ko‘rsatkichini belgilash taklif etilgan;
turizm eksporti va importi ko‘rsatkichlarini hisoblash ularning fizik hajmini aniqlash asosida takomillashtirilgan hamda ushbu ko‘rsatkichlarning qiymatlari ishlab chiqilgan;
additiv va mul`tiplikativ modellari asosida kiruvchi va chiquvchi turistlar soni hamda turizm eksporti va importi ko‘rsatkichlarning 2024 yilgacha bo‘lgan prognoz variantlari  ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonda turizmni innovatsion rivojlanishini statistik baholashni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida:
turizm sohasini innovatsion rivojlanishini baholovchi statistik ko‘rsatkichlar tarkibiga «safarlarni tez-tez amalga oshiruvchi tashrif buyuruvchilar soni» va «safar vaqt oralig‘i 4 soatdan kam bo‘lgan tashrif buyuruvchilar soni» ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “Turizm xizmatlari eksporti va importi hajmini xalqaro standartlarga muvofiq baholash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish” mavzusidagi metodikani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasining2020 yil 2 iyuldagi 01/1-04-18/2-158-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etish natijasida turizm sohasiga oid statistik axborotlar bazasi takomillashtirilgan;
T-AVS(Tourism – Attractions, Basics, Context)) hamda TLG(Tourism Led Growth) modellari Delphi metodi asosida takomillashtirilgan va shu asosida hududlarda turizmning innovatsion rivojlanish ko‘rsatkichini belgilash  bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2020 yil 19 iyun PQ-4755-sonli «Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 7 fevraldagi 05-16/925-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatda sohaga oid innovatsion rivojlanish ekonometrik modellar asosida respublikaning hududlari kesimida turizm salohiyati 1 balldan 7 balgacha statistik baholandi;
turizm eksporti va importi ko‘rsatkichlarini hisoblash ularning fizik hajmini aniqlash asosida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi tomonidan statistik ko‘rsatkichlarini takomillashtirish  bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishda  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasining2020 yil 2 iyuldagi 01/1-04-18/2-158-son ma’lumotnomasi). Natijada turizm eksporti va importi ko‘rsatkichlarini fizik hajmi ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
additiv va multiplikativ modellari asosida kiruvchi va chiquvchi turistlar soni hamda turizm eksporti va importi prognoz variantlari  bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan turizmni rivojlantirish yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 7 fevraldagi 05-16/925-son ma’lumotnomasi). Natijada Respublika bo‘yicha 2024 yillarda turizm ko‘rsatkichlarning prognoz variantlari aniqlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish