Asraqulov Abduraxmon Sultonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda aholi bandligini ta’minlashning ekonometrik tadqiqi”, 08.00.06 –Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan  raqam:  B2018.4.PhD/Iqt800.
Ilmiyrahbar:Adxamov Mamajon, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ayibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bayxonov Baxodir Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  milliy iqtisodiyotda aholi bandligini ekonometrik tadqiq etish asosida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlar va tarmoqlar kesimida bandlik holatining o‘zgarishida yuzaga keladigan tendensiyalar hamda  aholi bandligiga ta’sir etuvchi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik omillarni statistik baholash maqsadida milliy mehnat bozoridagi aholi bandligi bilan bog‘liq omil ko‘rsatkichlari tizimi (ekzogen va kazual omillarni o‘z ichiga olgan) ishlab chiqilgan;
aholi bandligi ko‘rsatkichining tarkibiy qismi bo‘lgan mehnat bozoridagi norasmiy bandlik chegaralarini aniqlash uslubiyotini takomillashtirish maqsadida iqtisodiy faoliyat sub’ektlari turi hamda bandlik shakllari bo‘yicha norasmiy ish o‘rinlarini ekonometrik baholash tizimi (ergodik vaqtli qatorlar asosidagi avtoregression model` shaklida) ishlab chiqilgan;
mehnat bozoridagi bandlik darajasini baholashning ko‘p omilli o‘zgarishlarni aks ettiruvchi, differensial tenglamalar tizimidan iborat kognitiv G-modelni o‘z ichiga oluvchi mehnat bozorini rivojlantirishning kompleks tizimi (dasturiy-maqsadli model` shaklida) ishlab chiqilgan;
milliy statistika tizimidagi mehnat bozori holatini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarni kengaytirish taklif etilib, O‘zbekiston iqtisodiyotida band aholi soni o‘zgarishining ko‘p omilli modeli va 2021–2026 yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda aholi bandligini ta’minlashning ekonometrik tadqiqi borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlar va tarmoqlar kesimida bandlik holatining o‘zgarishida yuzaga keladigan tendensiyalar hamda aholi bandligiga ta’sir etuvchi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik omillarni statistik baholash maqsadida milliy mehnat bozoridagi aholi bandligi bilan bog‘liq omil ko‘rsatkichlari tizimi (ekzogen va kazual omillarni o‘z ichiga olgan)ni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021 yil uchun aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishidagi dastur va yo‘lxaritalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 8 iyundagi 01/00–04/07–5112-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida davlatning bandlik siyosatini aniqroq shakllantirish va ta’sir etuvchi omillarni boshqarish jarayonlarini soddalashtirish asosida mehnat bozorining turli darajalari (milliy, mintaqaviy va hududiy)da bandlik siyosatini strategik va taktik rejalashtirish hamda amalga oshirish imkoni yaxshilangan;
aholi bandligi ko‘rsatkichining tarkibiy qismi bo‘lgan mehnat bozoridagi norasmiy bandlik chegaralarini aniqlash uslubiyotini takomillashtirish maqsadida iqtisodiy faoliyat sub’ektlari turi hamda bandlik shakllari bo‘yicha norasmiy ish o‘rinlarini ekonometrik baholash tizimi (ergodik vaqtli qatorlar ko‘rinishidagi avtoregression model` shaklida)ni ishlab chiqish borasidagi ilmiy taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktyabrdagi “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 841-sonli qarorining 1-ilovasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 8 iyundagi 01/00–04/07–5112-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida mehnat bozoridagi mavjud ish o‘rinlari iqtisodiyotning qanday sektoriga tegishli ekanligini aniqlash bilan birga ekonometrik tahlil orqali norasmiy ish o‘rinlari hajmi va ko‘lamini ajratish asosida ularni rasmiy bandlik maqomiga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni manzilli ishlab chiqish aniqligi ortgan;
mehnat bozoridagi bandlik darajasini baholashning ko‘p omilli o‘zgarishlarni aks ettiruvchi, differensial tenglamalar tizimidan iborat kognitiv G-modelni o‘z ichiga oluvchi mehnat bozorini rivojlantirishning kompleks tizimini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2021 yil uchun aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishidagi dastur va yo‘l xaritalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 8 iyundagi 01/00–04/07–5112-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan modelning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimiz milliy mehnat bozorini takomillashtirish hamda mehnat bozoridagi bandlik holatini samarali bandlik darajasiga olib kelish imkoni kengaygan;
milliy statistika tizimidagi mehnat bozori holatini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarni kengaytirish, O‘zbekiston iqtisodiyotida band aholi soni o‘zgarishining ko‘p omilli modeli va 2021–2026 yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2021 yil uchun mehnat bozorining maqsadli ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 11 iyundagi 01/1–12–17/1–234-son, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 8 iyundagi 01/00–04/07–5112-son ma’lumotnomalari). Taklif etilgan ko‘rsatkichlarni ijtimoiy-mehnat ko‘rsatkichlari qatoriga kiritilishi natijasida milliy mehnat bozoridagi o‘zgarishlar holatini aniqroq baholash, taklif etilgan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar tahlili bo‘yicha mehnat bozoridagi real bandlik darajasi holatiga ta’sir etuvchi omil ko‘rsatkichlarini tartibga solish samaradorligini oshirish hamda mehnat resurslari harakati prognoz ssenariylarini aniqlash asosida muqobil taktika va strategiyalarni ishlab chiqish imkoni ortgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish