Sabirov Islom Kaxramanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxtaning samarali arrali jinlash jarayonini ishlab chiqish” mavzusidagi, 05.06.02 - To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga  dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2019.3.PhD/T1346
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Rustam Shennikovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/30.06.2020.T.115.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Davlat Mustafoevich, texnika fanlari doktori, professor; Doniyorov Bektosh Baxodirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ishlatish va ta’mirlashni osonlashtirish, ish unumdorligi va mahsulot sifatini oshirishni ta’minlovchi takomillashtirilgan arrali jin konstruksiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xom ashyo valigining burchak tezligi dinamikasini aniqlash bo‘yicha matematik model va masalani echishni algoritmlari ishlab chiqilishi hisobiga, arrali jinlarning ishchi kameracining uzunligi bo‘yicha xom ashyo valigi qismlarining zichliklari aniqlangan;
jin uskunasining yuqori ish unumdorligida ishlashini ta’minlovchi arrali silindr va havo tuynigi orasidagi masofani kerakli qiymatda ushlab turuvchi valdagi arralar soni aniqlangan;
ishchi kamera va arrali silindrlarni geometrik ko‘rsatkichlari bilan paxtani jinlashni texnologik rejimlari o‘rtasidagi bog‘lanishni regressiya tenglamalari ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan konstruksiyali arrali jin ishlab chiqilgan, uning konstruksion hamda texnologik kattaliklari aniqlangan va O‘zbekiston Respublikasining № FAP 00225 raqamli foydali modeliga patent olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Paxta tozalash korxonalarida paxtani arrali jinlashda samaradorligi yuqori bo‘lgan uskunalarni yaratish bo‘yicha olingan ilmiy  natijalar asosida: 
Ikki silindrli DPZ-180 rusumli arrali jin uskunasini Respublikamizdagi mashinasozlik korxonalarida seriyada ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilib, «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi Xo‘jayli, Beruniy, To‘rtko‘l, Peshku, Norin, Gulbog‘, Navbaxor, Xatirchi, Qumqo‘rg‘on, Paxtaobod, Sayxunobod, Dalvarzin va Yangiariq paxta tozalash korxonalariga joriy qilingan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2019 yil 19 dekabrdagi 03-18/7397-son ma’lumotnomasi). 
Natijada paxtani birinchi sanoat navini dastlabki ishlashda DPZ-180 rusumli arrali jinning ish unumdorligi 12.2 kg/saw/h yoki mashinaga xisoblaganda 2196 kg/mash/h tola, 5DP-130 rusumli jinda esa bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 11.2 kg/saw/h va 1456 kg/mash/h ni tashkil etadi. 
Tolalar navlari bo‘yicha nuqsonlar va iflos aralashmalarning massaviy ulushi o‘rtacha 0.43% va jinlangan chigitning qoldiq tukdorlik 0.2 % DPZ-180 da 5DP-130 ga nisbatan kamayadi va DPZ-180 da 5DP-130 ga nisbatan olinadigan tolaning shtapelmassa uzunligi 0,1-0,5 mm ga uzunroq ekanligi aniqlandi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish