Mashrapov Oybek Abdugopirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak toj tomirlari va uyqu arteriyalari torayishi bilan kasallangan bemorlarni shoshilinch ravishda jarrohlik yo‘li bilan davolash uslublarini tanlash», 14.00.40 - Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib805.
Ilmiy rahbar: Xadjibaev Abduxakim Muminovich, t.f.d., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Babajanov Kalandar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Sharipova Visolat Xamzaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: akad. V.V. Voxidov nomli Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy tibbiy jarrohlik markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: toj va uyqu tomirlarining qo‘shma torayishini shoshilinch jarrohlik yo‘li bilan davolashda zamonaviy yuqori ma’lumotli tashxislash usullarini takomillashtirish buyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor toj va uyqu arteriyalarining qo‘shma torayishini jarrohlik davolash usulini tanlashning aniq koronarografik, exokardiografik va dopplerografik tashxislash natijasida yurak toj tomirlari va arteriyalarining torayishi baholash mezonlari asoslangan;
toj va uyqu arteriyalarining qo‘shma torayishlari, kasallikning klinik kechishi va bemorning klinik ahvolini hisobga olgan holda, bosqichma bosqich yoki bir bosqichli jarrohlik amaliyotini qo‘llash uchun aniq ko‘rsatmalar yoki qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar isbotlangan;
toj va uyqu tomirlarining qo‘shma torayishida bir vaqtning o‘zida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish bo‘yicha jarrohlik usullari ishlab turgan yurakda toj tomirlarni shuntlashasosida takomillashtirilgan;
xavfni to‘g‘ri baholash orqali toj va uyqu arteriyalarining qo‘shma torayishida jarrohlik davolash usulining tez va yaqin muddatliasab tizimidagi insul`t va yurak miokard infarktni yuzaga kelishi darajasini kamayishini asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak toj tomirlari va uyqu arteriyalari torayishi bilan kasallangan bemorlarni shoshilinch ravishda jaroxlik yo‘li bilan davolash uslublarni tanlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yurak toj tomirlari va uyqu arteriyalari torayishi bilan kasallangan bemorlarni shoshilinch ravishda jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan «Yurak toj tomirlari va uyqu arteriyalari torayishi bilan kasallangan bemorlarni shoshilinch ravishda jarrohlik yo‘li bilan davolash uslublarini tanlash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 8n-r/277-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yurak toj va uyqu arteriyalarining aterosklerotik shikastlanishi bo‘lgan bemorlarni samarali tashxislash va jarrohlik usulida davolash tartibini qisqartirish, bemorlarni kasalxonada bo‘lish vaqtini qisqartirish va natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
yurak toj tomirlari va uyqu arteriyalari torayishi bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon va Xorazm viloyatlari filiallari amliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 02 apreldagi 8n-z/64-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi toj va uyqu arteriyalarning aterosklerotik shikastlanishlari kuzatilgan bemorlarda jarrohlik usuli bilan davolash natijasida bir vaqtning o‘zida amalga jarrohlik amaliyoti natijasida o‘tkir infarkt miokardi, o‘tkir koronar sindromi va nevrologik asoratlari, bemorlarning kasalxonada bo‘lish davomiyliligining kamayishi, o‘lim darajasining 0,4% kamayishi yotoq kun 6 kunga kamayganligi, bemorlarning hayot sifati yaxshilash imkonini bergan.