Umarov Jasur Tursunovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirishning metodologik jihatlari” 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit, (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt722.
Ilmiy rahbar: Vaxabov Abduraxim Vosiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Xoshimov Elmurod Abdusattorovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimini metodologik jihatdan takomillashtirishga bag‘ishlangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat xaridlari bo‘yicha e’lonlarni portalga joylashtirish, shartnomalarni g‘aznachilikdan ro‘yxatdan o‘tkazishni muvofiqlashtirish asosida moliya yilida mablag‘lardan samarali foydalanish maqsadida e’lonlarni portalga joylashtirishning aniq muddatini belgilash asoslangan;
davlat xaridlarida mablag‘larni moliyalashtirishning ishonchliligini kafolatlash va mablag‘lardan foydalanishda samaradorlikka erishish maqsadida to‘lovlarni hisob-kitob-kliring palatasi orqali amalga oshirish mexanizmini joriy qilish asoslab berilgan;
davlat xaridlarida ochiqlikni ta’minlash va raqobat muhitini oshirish maqsadida strategik ahamiyatga ega xo‘jalik sub’ektlarining davlat xaridlar bo‘yicha e’lonlarini portalga joylashtirilishining maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
davlat xaridi jarayonlarini raqamlashtirish asosida mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tender va tanlov savdolarini elektron shaklda o‘tkazish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridlari tizimini takomillashtirishning metodologik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Moliya yilini muvaffaqiyatli yakunlash, davlat xaridlari amalga oshirilishi to‘g‘risidagi e’lonlarni joriy moliya yilining 10 dekabriga qadar maxsus axborot portalida joylashtirish to‘g‘risidagi taklif Byudjet Kodeksida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 28 fevraldagi
BA/31-01-32/414-son va O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining 2020 yil
12 noyabrdagi 04-11/2463-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni qo‘llanilishi natijasida byudjet buyurtmachilari tomonidan joriy moliya yili uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlari bo‘yicha shartnomalarni va ular bo‘yicha to‘lovlarni joriy moliya yilida amalga oshirilishiga erishilgan;
Davlat xaridlariga oid qonunchilikda hisob-kitob-kliring palatasi orqali avans to‘lovlarini deponentlash va ularni hisobga olish yo‘li bilan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajara oladigan ishtirokchilarni elektron xaridlarga kirishini ta’minlovchi maxsus axborot portalining tarkibiy bo‘linmasi tushunchasini kiritish va elektron davlat xaridlari bo‘yicha to‘lovlarni hisob-kitob-kliring palatasi orqali to‘lash mexanizmini joriy qilish bo‘yicha takliflari «Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda o‘tkazish borasidagi faoliyati to‘g‘risida»gi, «Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomlarda hamda «O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari»da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 28 fevraldagi BA/31-01-32/414-son va O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining 2020 yil 12 noyabrdagi 04-11/2463-son ma’lumotnomalari). Natijada, davlat xaridlarida mablag‘larni moliyalashtirishning ishonchliligini kafolatlandi va mablag‘lardan foydalanishda samaradorlikka erishishilgan;
Strategik ahamiyatga ega xo‘jalik sub’ektlariga xaridlarni eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li orqali xaridlarni amalga oshirish, ushbu korxonalarga xaridlarni amalga oshirishda e’londa xarid komissiyasi tomonidan takliflarni qabul qilib olishning o‘n kundan kam bo‘lmagan so‘nggi muddati bo‘lishi kerakligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 dekabrdagi PQ-4544-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 21 noyabrdagi 07/03-01-37/990-son ma’lumotnomasi). Ushbu mexanizmni amaliyotga joriy etilishi natijasida davlat xaridlarida ochiqlik va shaffoflik ta’minlandi hamda raqobat muhiti oshirilishiga erishilgan;
Davlat xaridlarini tanlov va tender savdolari orqali amalga oshirish tartib-taomillarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 dekabrdagi PQ-4544-son qarorida hamda «Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 21 noyabrdagi 07/03-01-37/990-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat xaridi jarayonlarini raqamlashtirish asosida inson omili ishtiroki kamayadi va mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish