Kuziev Ravshan Ramazanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini soliqlar vositasida rag‘batlantirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt206.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Hosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Sattorov Odil Berdimurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, prfessor; Ashurova Nasiba Botirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahardagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi erkin iqtisodiy xududlar faoliyatini soliqlar vositasida rag‘batlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga ko‘zda tutilgan soliq imtiyozlari kiritilgan investisiyalar hajmiga qarab belgilangan muddatlar asosida belgilash tartibi ishlab chiqilgan;
erkin iqtisodiy zonalarda faoliyat yurituvchi korxonalar o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan uskunalar, xom ashyo, materiallar hamda butlovchi buyumlar, mahsulot eksport qilinganda vujudga keladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ining manfiy summasi qaytarilmasligi huquqi bilan bojxona to‘lovlaridan ozod etilishi taklifi asoslangan;
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari respublikada ishlab chiqarilmaydigan va investisiya bitimiga muvofiq investisiya loyihasini amalga oshirish uchun qurilish davrida belgilangan tartibda olib kirilgan qurilish materiallari, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha texnologik uskunalarning o‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydiganini olib kirishda bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etilishi bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan;
«Navoiy» erkin iqtisodiy zona faoliyatining butun davrida soliqlarni to‘lashdan hamda erkin iqtisodiy zonalarda eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan xom ashyo, material va butlovchi buyumlar uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etilishi bo‘yicha berilgan imtiyozlarni bekor etish bo‘yicha takliflari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini soliqlar vositasida rag‘batlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridlari tizimini takomillashtirishning maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga ko‘zda tutilgan imtiyozlarni kiritilgan investisiyalar hajmiga qarab belgilangan muddatlar asosida belgilash tartibi va mezonlari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 iyundagi “Alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish to‘g‘risida”gi PF-6011-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 06/04-02-01-32/288-son ma’lumotnomasi). Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 oktyabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4853-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 maydagi “Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5719-son Farmoniga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan;
Erkin iqtisodiy zonalarda faoliyat yurituvchi korxonalarga berilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar natijasida bo‘shab qolgan mablag‘larni yangi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va texnik, texnologik qayta jihozlash, kengaytirish, ishlab chiqarish binolarini qurish, o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur xom ashyo va materiallar xarid qilishga maqsadli yo‘naltirishni ta’minlash maqsadida, o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan uskunalar, xom ashyo, materiallar hamda butlovchi buyumlar, mahsulotlar eksport qilinganda vujudga keladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ining manfiy summasi qaytarilmasligi huquqi bilan bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilishi maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 maydagi “Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5719-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 16 dekabrdagi 06/04-02-01-32/3775-son ma’lumotnomasi). Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 oktyabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4853-son Farmonining 3-bandi uchinchi xatboshisiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan;
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari respublikada ishlab chiqarilmaydigan va investisiya bitimiga muvofiq investisiya loyihasini amalga oshirish uchun qurilish davrida belgilangan tartibda olib kirilgan qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlarini (bundan qo‘shimcha qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar mustasno); tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha texnologik uskunalarning o‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydiganini olib kirishda bojxona to‘lovlarini (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar mustasno) va maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksportga realizatsiya qilish uchun foydalanadigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, bojxona to‘lovlarini (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar mustasno) to‘lashdan ozod etilishi maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 17 fevraldagi “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘RQ-604-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 06/04-02-01-32/288-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2020 yil 9 oy yakunlariga ko‘ra, maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga berilgan soliq imtiyozlari summasi 555,4 mlrd. so‘mni tashkil qilgan;
“Navoiy” EIZ direksiyasi AJ erkin iqtisodiy zonalar faoliyatining butun davrida soliqlar to‘lashdan ozod etilishi bo‘yicha berilgan imtiyozni bekor etish lozimligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 iyundagi “Alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish to‘g‘risida”gi PF-6011-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 06/04-02-01-32/288-son ma’lumotnomasi). Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 maydagi «Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5719-son Farmoniga tegishli o‘zgartirish kiritildi. 2020 yil yakunlariga ko‘ra, mazkur imtiyozni bekor etilishi natijasida davlat byudjetiga 40,0 mlrd. so‘m soliqlar bo‘yicha hamda 322,5 mlrd. so‘m importdagi QQS hisobiga qo‘shimcha undirilgan;
“Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalari ishtirokchilari uchun erkin iqtisodiy zonalar faoliyati davomida eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan xom ashyo, material va butlovchi buyumlar uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilishi bo‘yicha berilgan imtiyozini bekor etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 iyundagi “Alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish to‘g‘risida”gi PF-6011-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 06/04-02-01-32/288-son ma’lumotnomasi). Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 oktyabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4853-son Farmoniga tegishli o‘zgartirish kiritildi. 2020 yil yakunlariga ko‘ra, mazkur imtiyozni bekor etilishi natijasida 50,8 mlrd. so‘m soliqlar bo‘yicha hamda 483,7 mlrd. so‘m (importdagi QQS) miqdoridagi mablag‘ Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan davlat byudjetiga undirilgan.