Ravshanov Ulug‘bek Raxbarovichning
falsafadoktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida milliy g‘oyaning o‘rni va uni rivojlantirish texnologiyalari”, 09.00.05 – Milliy g‘oya va targ‘ibot texnologiyalari
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.1.PhD/Fal429
Ilmiy rahbar: Musaev Odil Raxmatovich, falsafa fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilganmuassasanomi:Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengashraqami: O‘zbekiston milliy universiteti,  DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiyopponentlar:AbilovO‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor; Idirov Ulug‘bek Yusupovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchitashkilot:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida jamiyat barqarorligini ta’minlash, odamlar dunyoqarashida islohotlarga ishonch va dahldorlik tuyg‘usini ta’minlash uchun milliy g‘oyaning targ‘ibot texnologiyalarini takomillashtirish borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polietniklik sharoitida milliy meros, milliy qadriyatlar, milliy urf-odatlar, milliy an’analar, milliy dunyoqarash, mental xususiyatlarning insonparvarlik, tolerantlik, tenglik, o‘zaro hamjihatlilik kabi umuminsoniy mezonlar bilan uyg‘unligi milliy bag‘rikenglikni namoyon qiluvchi hamda jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka xizmat qiluvchi omil ekanligi ochib berilgan;
yoshlarda xudbinlik (egotsentrizm), manfaatparastlik (individualizm), “ommaviy madaniyat”, “dangasalik”, “loqaydlik” kabi illatlarga qarshi ma’naviy immunitetni oshirishda g‘oyaviy tarbiyaning xalqimizga xos bo‘lgan birdamlik, bag‘rikenglik, jamoaviylik, milliylik, faollik, kurashuvchanlik kabi tuyg‘ularni rivojlantirishning innovatsion usullari mavjudligi ochib berilgan;
insonnio‘z pozisiyasiga ega ijtimoiy-siyosiy faol fuqaro sifatida tarbiyalash jamiyatimizning polietniklik va polikonfessiyalik sharoitida diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, ijtimoiy hamkorlik, o‘zaro hamjihatlikva tinchlikni ta’minlashning muhim sharti ekanligi asoslangan;
milliy g‘oyaning O‘zbekiston fuqarolari ijtimoiy ma’naviy faolligi va huquqiy ongini oshirish, ijtimoiy birligini ta’minlash, “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” strategik maqsadni amalga oshirishdagi imperativ, kognitiv, birlashtiruvchilik kabi integratsion-pozitiv roli ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida milliy g‘oyaning o‘rni va uni rivojlantirish texnologiyalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va tavsiyalar asosida:
polietniklik sharoitida milliy meros, milliy qadriyatlar, milliy urf-odatlar, milliy an’analar, milliy dunyoqarash, mental xususiyatlarning insonparvarlik, tolerantlik, tenglik, o‘zaro hamjihatlilik kabi umuminsoniy mezonlar bilan uyg‘unligi milliy bag‘rikenglikni namoyon qiluvchi hamda jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka xizmat qiluvchi omil ekanligiga oid xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi majlisining 2020 yil 3 martdagi 1-son bayoniga 1-ilova “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijadorligini oshirishga, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga,  mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturining II. “Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari” 10. “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasi asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, mamlakatda boshlangan ulkan bunyodkorlik va yaratuvchanlik harakati, maqsadli islohotlarni keng xalq ommasiga etkazish, jamiyatda faol fuqarolik tuyg‘usini mustahkamlash, bunda ziyolilar, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot namoyandalari, salohiyatidan unumli foydalangan holda  qaratilgan tizimli targ‘ibotni amalga oshirish” bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 7 maydagi 02/08-519-son ma’lumotnomasi). Natijalar milliy g‘oya va mafkurani targ‘ibot texnologiyalarining samaradorligini oshirishga yo‘nalgan amaliy faoliyatning takomillashishiga, aholi turli qatlamlari bilan olib borilgan davra suhbatlarida ular ongida kelajakka ishonch tuyg‘usining shakllanishiga xizmat qilgan;  
yoshlarda xudbinlik (egotsentrizm), manfaatparastlik (individualizm), “ommaviy madaniyat”, “dangasalik”, “loqaydlik” kabi illatlarga qarshi ma’naviy immunitetni oshirishda g‘oyaviy tarbiyaning xalqimizga xos bo‘lgan birdamlik, bag‘rikenglik, jamoaviylik, milliylik, faollik, kurashuvchanlik kabi tuyg‘ularni rivojlantirishning innovatsion usullari mavjudligigadoir xulosalardan  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yilga mo‘ljallangan ish rejasi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning dolzarb masalalari”, “Yoshlar – kelajak bunyodkori” va “Yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirishning dolzarb muammolari” kabi mavzularda ilmiy-nazariy konferensiya dasturlari va Ittifoqning “Istiqlol yoshlari” konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 7 iyuldagi 04-13/2034-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2020 yil 18 dekabrdagi 866-son ma’lumotnomalari). Natijalar  Ittifoqning O‘zbekiston yoshlari dunyoqarashini kengaytirish, ularda vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarni ulug‘lash tuyg‘usining shakllanishiga yo‘naltirilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari kursantlariga “Milliy g‘oya: O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi” fanini samarali o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan; 
insonni o‘z pozisiyasiga ega ijtimoiy-siyosiy faol fuqaro sifatida tarbiyalash jamiyatimizning polietniklik va polikonfessiyalik sharoitida diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, ijtimoiy hamkorlik, o‘zaro hamjihatlik va tinchlikni ta’minlashning muhim sharti ekanligiga doir xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan 2018-2020 yillarda viloyat va tumanlarda “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” shiori ostida o‘tkazilgan davra suhbatlari va ma’ruzalar dasturi va o‘quv materiallarini  tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2021 yil 14 yanvardagi 01/01-06-son ma’lumotnomasi). Natijalar partiya faoliyatida zamonaviy yoshlar tafakkur uslubining yangi g‘oyalarga tayanishi, ularning ijtimoiy jarayonlarga nisbatan daxldorlik tuyg‘usining shakllanishiga, yoshlar ijtimoiylashuv jarayonining doimiy monitoringini tashkil etishga xizmat qilgan; 
milliy g‘oyaning O‘zbekiston fuqarolari ijtimoiy ma’naviy faolligi va huquqiy ongini oshirish, ijtimoiy birligini ta’minlash, “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” strategik maqsadni amalga oshirishdagi imperativ, kognitiv, birlashtiruvchilik kabi integratsion-pozitiv roliga oid  xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrda tasdiqlangan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”, “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida Milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiya”sini ishlab chiqishda va yoshlarda mafkuraviy targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 7 maydagi 02/08-519-son ma’lumotnomasi). Natijalar, mamlakat yoshlari ma’naviyatining yanada yuksaltirishga qaratilgan konsepsiyalarning nazariy jihatdan takomillashuviga hamda yoshlarda milliy g‘urur va umuminsoniy qadriyatlarni asrash tuyg‘usining shakllanishiga, ma’naviy tarbiya yo‘nalishidagi ishlar samaradorligining oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish