Omanova Gulnoza Abdunazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati menejmentini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1511.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Maqsudjan Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01. 
Rasmiy opponentlar: Qodirova Fatima Rashidovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirsolieva Muxabbat To‘xtasinovna, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati menejmentini takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya sifatini baholash usullari bolaning salomatligi, ta’lim olish darajasi, mantiqiy fikrlash va hayotga moslashish darajasini uzluksiz monitoring jarayoniga joriy etish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya sifatini boshqarishda kompleks yondashuvga (pedagogik, psixologik, tibbiy-valeologik, moddiy-texnik, pedagoglarning o‘zini-o‘zi baholashi) asoslangan monitoring xizmati modeli ishlab chiqilgan;
maktabgacha ta’lim sifatini baholash mezonlari faoliyat samaradorligini belgilovchi ta’lim-tarbiya muhiti, mijozga yo‘naltirilganligi, nufuz (reyting), ijtimoiy aloqalar, pedagoglar salohiyati indikatorlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya mazmuni va uni baholash mezonlari har bir bolaning o‘ziga xos xususiyatini inobatga olgan holda individual yondashuv asosida dinamik o‘zgaruvchan bo‘lishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati menejmentini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini baholash tendensiyasini tarbiyalanuvchilar tomonidan egallangan akademik bilimlardan o‘quv-tarbiyaviy muhitni hamda tashkilotning ijtimoiy aloqalariga yo‘naltirishga oid taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 7 iyuldagi 4-son hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 7 yanvardagi 02-02/2-29-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘z-o‘zini baholash orqali ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishida shaxsga yo‘naltirilgan individual yondashuv asosida ta’lim jrayonini rejalashtiish, bolalarda ijodiy o‘zini ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratishga asoslangan pedagogik kuzatuvlar asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish imkonini bergan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini baholashning zamonaviy mezonlari (MTT xizmatlarining mijozga yo‘naltirilganligi, nufuz, ijtimoiy hamkorlik, tarbiyalanuvchining salomatligi, rahbarlik qilish)ga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019 yil 16 dekabrdagi 16-mh, 16, 19-mh, 12-2019 va 18-q/q-son qarori bilan tasdiqlangan “Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari” mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 7 yanvardagi 02-02/2-29-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini baholash ta’limni tashkil etish bilan bog‘liq noan’anaviy, ijtimoiy ahamiyatga ega sifat mezonlari asosida takomillashtirishga erishilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ichki baholash bilan bog‘liq takliflar asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini monitoring qilish xizmati tashkil qilingan hamda uning asosiy vazifalari belgilab berilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 7 yanvardagi 02-02/2-29-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini baholash va uni boshqarishning samarali mexanizmi yaratilgan hamda jamoatchilik nazorati mexanizmlari takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini baholash mezonlari, modeli va sifatni boshqarish bilan bog‘liq takliflar asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va mutaxassis xodimlari uchun “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini boshqarish” kursi mazmuni ishlab chiqilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 7 yanvardagi 02-02/2-29-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va mutaxassis xodimlari malakasini oshirish kursi mutaxassislik fanlari mazmuni va innovatsion-metodik ta’minoti takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish