Menglieva Munira Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Harakat tarzi ma’nolarining o‘zbek va ingliz tilida berilishi hamda tarjimasi», 10.00.06- Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1449.
Ilmiy rahbar: Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Hoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori (DSc); Ergasheva Guli Islomovna, filologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi harakat tarzi ifodalarining semantik va kontekstual xususiyatlarini tillararo chog‘ishtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilida harakat tarzi ma’nolari nafaqat ko‘makchi fe’lli qurilma orqali, balki zamon shakllari, payt va ravish holi yordamida ifodalanishi, ingliz tilida esa tarz ma’nolari bevosita harakat fe’lning lug‘aviy ma’nosi, tovush o‘zgarishi, urg‘u, frazaviy fe’l, zamon shakllari, holli so‘z birikmasi vositasida ifodalanishi aniqlangan;
o‘zbek va ingliz tillarida harakat fe’llari o‘z lug‘aviy ma’nosi bilan tarz semasini ham voqelantirishi, tarz ma’nosiga ko‘ra harakat fe’llari mo‘’tadil leksemalar, mutlaq leksemalar va uslubiy bo‘yoqdor leksemalarga bo‘linishi dalillangan;
tarjima matnida tarz ma’nosi tillararo interferensiya ta’sirida hamda noo‘rin semantik transformatsiya natijasida yanglish o‘girilishi,  harakat tarzi ma’nosining o‘zbek va ingliz tiliga tarjima qilinishidagi xatolar sirasida ma’noni chetlab o‘tish, nomuqobil tarjima qilish,  lingvistik yoki kommunikativ yondashuvlardan birini  noto‘g‘ri qo‘llash kabi holatlar ochib berilgan; 
o‘zbek va ingliz tilidagi harakat tarzi ifodalari tarjimasida madaniy realiyalarning adekvat berilishi olam milliy lisoniy tasviri yaxlitligini ta’minlovchi yetakchi vosita ekanligi kontekstual-komponent metod orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili va o‘zbek tilida harakat tarzi ma’nolarining qiyosiy tadqiqi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalari asosida: 
harakat tarzi o‘zbek tilida fe’lning lug‘aviy ma’nosi, tovush o‘zgarishi, ko‘makchi fe’lli qurilma, zamon shakllari, payt va ravish holi yordamida, ingliz tilida fe’lning lug‘aviy ma’nosi, tovush o‘zgarishi, urg‘u, lug‘aviy ma’no, frazaviy fe’l, zamon shakllari, holli so‘z birikmasi vositasida ifodalanishi va bunda o‘zbek tili vositalari ustuvorlik qilishiga oid xulosalaridanErasmus+ dasturining Project № 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC) grant loyihasi badiiy matnlar katalog va qo‘llanmalarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda, magistratura talabalari uchun tashkil etilgan onlayn kurslar tashkil qilishda  foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 dekabrdagi 89-03-56/2-son-ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz tilidagi harakat tarzi ifodalari orasida madaniy realiyalarni aniqlash va ularning tarjimasi masalalarini yoritish ahamiyatini namoyon qilish imkonini bergan;
leksik sathda harakat fe’llarining tarz ifodalash xususiyatiga ko‘ra neytral, mutlaq va uslubiy buyoqdorlikka ega turlari so‘zning semantik xususiyatiga asoslangan holda ajratilishiga doir xulosalardan «Hozirgi o‘zbek tili» darsligidagi «Leksema sememasining tarkibi» (15-§), «Leksemaning semantik ko‘lami» (16-§), «Leksik-semantik munosabatlar» (17-§), «O‘zbek tili leksikasi tasnifi» (18-§) fasllarda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 dekabrdagi 89-03-56/2-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidagi harakat tarzi tizimini sistemalashtirish tarz ma’nosiga ega leksemalar tarkibidagi asosiy lug‘aviy ma’nodan qo‘shimcha tarz semasini ajratish imkonini bergan;
tarjima matnida tarz vositasi yoki ma’nosining tushib qolishi, tarz ma’nosining noto‘g‘ri tarjima qilinishi, tarjimada filologik, lingvistik va kommunikativ yondashuvlardan birining noto‘g‘ri tanlanishi badiiy asarlar tarjimasi misolida ochib berilgan xulosalardan I-OT-2019-42 raqamli «O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 dekabrdagi 89-03-56/2-son ma’lumotnomasi).Natijadaharakat tarzi ifoda birliklari tarjimasining muvaffaqiyatli tomonlari, mavjud nuqson va chalkashlik hamda noaniqliklar muayyanlashtirish hamda ularning o‘rniga muqobil variantlar taklif qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish