Sattorov Asrorjon Akramjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlashda O‘zbekistonning tutgan o‘rni», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ss76.
Ilmiy rahbar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08. 
Rasmiy opponentlar: Idirov Ulug‘bek Yusupovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Karimov Farhod Erkinovich, siyosiy fanlar doktori (Ds), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi yangilangan siyosiy tashabbuslari va mintaqa xavfsizligini ta’minlash borasida ushbu tashabbuslarning ahamiyatini shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda O‘zbekistonning tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik tizimining integratsion holatini saqlab qolish, kuchlar muvozanati, manfaatlar umumiyligiga qaratilgan “xavfsizlik makoni”ni shakllantirish zarurligi ilmiy asoslangan;
Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosiyat faoliyatlarida “mintaqaviy xavfsizlik”, “mintaqaviy integratsiya”, “mintaqaviy hamkorlik” yo‘nalishlarini rivojlantirishga qaratilgan pozitiv, evolyusion, baholash, joriy etish, amal qilish maqomlari aniqlangan;
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlat rahbarlari maslahat kengashida ilgari so‘rilgan mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan va chegaralar delimitatsiyasi, demorkatsiyasini amalga oshirishning ahamiyati hamda preventiv diplomatiya borasidagi tashabbuslari ochib berilgan;
Markaziy Osiyo mintaqasida ichki va tashqi tahdidlarning transchegaraviy va transmilliy harakterga egaligi, unga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo hamkorlik bosqichlarining o‘zaro ta’siri, strategik sheriklikning regional va ko‘p qirrali hamkorlikni manfaatli konstruktiv yo‘nalishlari ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlashda O‘zbekistonning tutgan o‘rni masalalariningilmiy asoslari va rivojlanish istiqbollari bo‘yicha ishlab chiqilgan ijtimoiy-siyosiy xulosalar asosida:
Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik tizimining integratsion holatini saqlab qolish, kuchlar muvozanati manfaatlar umumiyligiga qaratilgan “xavfsizlik makoni”ni shakllantirish zarurligi ilmiy asoslanganligiga oid xulosalardan “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” nomli darslikning “O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligida demokratik tamoyillarga asoslanishi” nomli bobini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 89-03-5591-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar Markaziy Osiyodagi xavfsizlik sub’ktlarining umumiy manfaatlariga asoslangan yuqori darajada integratsiyalangan xavfsizlik makonini shakkllantirish zarurligini ilmiy jihatdan asoslashga xizmat qilgan;
Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosiyat faoliyatlarida “mintaqaviy xavfsizlik”, “mintaqaviy integratsiya”, “mintaqaviy hamkorlik” yo‘nalishlarini rivojlantirishga qaratilgan pozitiv, evolyusion, baholash, joriy etish, amal qilish maqomlari aniqlanganligiga doir xulosalar va ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan chop etishga tavsiya etilgan “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” darsligining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” mamlakatimizda fuqarolik jamiyati barpo etishning yangi bosqichi” nomli bobini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan 2021 yil 8 iyun` kunida berilgan ma’lumotnoma). Ilmiy xulosalar va amaliy takliflar “mintaqaviy xavfsizlik”, “mintaqaviy integratsiya”, “mintaqaviy hamkorlik” kabi yo‘nalishlarning mintaqada davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash mexanizmi sifatidagi pozitiv, evalyusion, baholash, joriy etish, amal qilish maqomlariga egaligi asoslagan va “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” darsligini nazariy-metodologik jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlat rahbarlari maslahat kengashida ilgari so‘rilgan mintaqaviy hamkorlikni har tomonlama chuqurlashtirish, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan va chegaralar delimitatsiyasi, demorkatsiyasini amalga oshirishning ahamiyati hamda preventiv diplomatiya borasidagi tashabbuslari ochib berilishiga doir xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Jaholatga qarshi ma’rifat” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan va 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 14 iyundagi  03/08-745-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar mintaqaviy integratsiya jarayonlarini faollashtirishdagi O‘zbekiston tashabbuslaridan foydalanishning amaliy ahamiyatini ilmiy jihatdan asoslab bergan va o‘quv qo‘llanmaning nazariy-metodologik jihatdan boyishiga xizmat qilgan;
Markaziy Osiyo mintaqasida ichki va tashqi tahdidlarning transchegaraviy va transmilliy harakterga egaligi, unga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo hamkorlik bosqichlarining o‘zaro ta’siri, strategik sheriklikning uzoq muddatlarga mo‘ljallangan konstruktiv va pragmatik yo‘nalishlari ochib berilganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” darsligining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” mamlakatimizda fuqarolik jamiyati barpo etishning yangi bosqichi” nomli bobini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan 2021 yil 8 iyun` kunida berilgan ma’lumotnoma). Ushbu xulosalar darslikning nazariy jihatdan boyishiga va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish