Qo‘ziboev Behzod Hamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada xizmatlar sohasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05- Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2019.2.PhD/Iqt912.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti huzuridagi PhD.03/28.08.2020.I.55.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qahhorov Otabek Siddiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchitashkilot:Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada xizmatlar sohasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“xizmat” va “servis” tushunchalarining mohiyati nazariy jihatdan jarayonda ishtirok etuvchi su’bektlarga birdek foydali va har bir sub’ekt darajasida ijtimoiy zaruriy naflilik asosida takomillashtirilgan;
iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik barqarorlikni uyg‘un holda amalga oshirish negizida  mintaqada xizmatlar sohasining barqaror rivojlanish darajasini aniqlash taklif etilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasining raqamlashtirish darajasini integral tarzda xizmat ko‘rsatish sohasining raqamlashtirish hamda xizmat ko‘rsatish sohasining muayyan tarmog‘ining raqamlashtirish darajasi  negizida baholash asoslangan;
Xorazm viloyatidaxizmatlar sohasini rivojlantirishning2023 yilga qadarprognoz ko‘rsatkichlari xizmat ko‘rsatish sohalarining raqamlashtirish darajasini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqada xizmatlar sohasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“xizmat” va “servis” tushunchalar mohiyatining nazariy jihatdan  takomillashtirilgan mazmuni“Turizm xizmatlar bozori” nomli o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 avgustdagi 89-03-2755-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “xizmat” va “servis” tushunchalarining mazmunini tizimli va kengroq tushunish orqali ularni tashkil etishning yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura talabalarida nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish imkoniyati yaratilgan;
iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik barqarorlikni uyg‘un holda amalga oshirish negizida mintaqada xizmatlar sohasining barqaror rivojlanish darajasini aniqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan hududlarda xizmatlar ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 05/22-02-10/20-989-sonli ma’lumotno-masi). Ushbu usuldan foydalanish mintaqalarda xizmatlar sohasini barqaror rivojlanish darajasini aniqlash hamda sohani barqaror rivojlantirish uchun aniq chora-tadbirlarni belgilashning qo‘shimcha imkonini bergan;
xizmat ko‘rsatish sohasining raqamlashtirish darajasini integral tarzda xizmat ko‘rsatish sohasining raqamlashtirish hamda xizmat ko‘rsatish sohasining muayyan tarmog‘ining raqamlashtirish darajasi negizida baholash bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan hududlarda xizmatlar ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 05/22-02-10/20-989-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur usulning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida xizmatlar sohasi va uning tarmoqlarini raqamlashtirish darajasini baholash, raqamlashtirish holatiga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni aniqlash hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish imkoniyati yaratilgan;
Xorazm viloyatida xizmat ko‘rsatish sohalarining raqamlashtirish darajasini e’tiborga olgan holda viloyat bo‘yicha 2023 yilga qadarprognoz ko‘rsatkichlaridan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan hududlarda xizmatlar ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 05/22-02-10/20-989-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2023 yilda Xorazm viloyatida xizmatlar hajmi 2019 yilga nisbatan 2,2 barobar o‘sishi uchun sohadagi ishchilar soni 1,2 barobar va asosiy kapital hajmi 2,3 barobarga oshirilishi zarurligi asoslangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish