Gaybullaev Odilbek Asilbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Siydik yo‘llari infeksiyasining tarqalishi va uning al`ternativ davosi», 14.00.31 – «Urologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2020.2.PhD/Tib584.
Ilmiy raxbar: Abdurizaev Abdumalik Abdugaffarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Farxod Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxtarov Shuxrat Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Almati sh., Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasallik tarqalishi va rivojlanishi xavf omillarini o‘rganish, shuningdek patologik jarayonning asoratlanmagan shakllarini davolashning samarali muqobil variantini ishlab chiqish orqali siydik yo‘llari infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
epidemiologik tadqiqotlar va kasallikning xavf omillarini verifikatsiyalash orqali Toshkent shahri aholisi orasida siydik yo‘llari infeksiyasining tarqalishi, gender xamda yoshga bog‘liq xususiyatlari aniqlangan;
hayotning turli davrlarida ayollarda siydik yo‘llari infeksiyasini rivojlanishining integral xavfini belgilovchi omillarning farqlari borligi ko‘rsatilgan, bir necha logistik regressiya tahlillariga ko‘ra ular orasida kuyidagilar – prokladkalarni qo‘llash, qindan chiquvchi ajralmalar va ayollar jinsiy organlarining surunkali yallig‘lanish kasalliklari mavjudligi ajratilgan;
erkaklarda siydik yo‘llari infeksiyasi rivojlanishining asosiy xatar omili jinsiy aloqa chastotasi ekanligi aniqlangan;
siydik yo‘llari infeksiyasi aniqlangan erkaklarda 99% holatlarda qo‘zg‘atuvchi E.coli ekanligi, bunda o‘ziga xos xususiyat sifatida patologik jarayonning simptomsiz kechishi, yosh ulg‘ayishiga bog‘liq xolda kasallik tarqalishining o‘sishga moyilligi isbotlangan; 
fitopreparatning («renalka») kasallikning asosiy simptomlarini kamaytirishdagi klinik samaradorligi va davolashning yakuniy natijalari antibakterial («fosfomisin trometamol») preparat bilan davolash natijalaridan sezilarli darajada farq qilmasligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pastki siydik yo‘llarining asoratlanmagan infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolashni yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Pastki siydik yo‘llarining asoratlanmagan infeksiyasining fitoterapiyasi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 iyundagi 08-04/5292-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma kasallik chaqiruvchi bakteriyalarni antibiotiklarga chidamlilik darajasini pasaytirish va davolash xarajatlarini qisqartirish imkonini bergan;
Siydik yo‘llari o‘tkir asoratlanmagan infeksiyasini davolashni yaxshilash takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, 1-son Respublika klinik shifoxonasining urologiya bo‘limi va Farg‘ona viloyati urologiya markazining urologiya bo‘limi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 iyundagi 08-04/5292-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar siydik yo‘llari infeksiyalari rivojlanishining xavf omillarini aniqlash, homilador ayollarda patologik jarayonning mohiyati, sabablarini aniqlash va antibiotiklar bilan davolashning zararli ta’sirini kamaytirish orqali urologik yordam sifatini sezilarli darajada yaxshilashga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish