Ergashev Qandiyor Xorun o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bombyx mori xitozanining gidroksiapatit bilan kompozitlarining sintezi va xossalari», 02.00.06 - Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/K279.
Ilmiy rahbarlar: Vohidova Noyira Rahimovna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmanberdiev Gappar, kimyo fanlari doktori, professor; Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bombyx mori xitozani va kal`siy gidroksiapatit asosida boshqariladigan tarkibli kompozitlar sintez qilish, ularning fizik-kimyoviy va biologik faol xossalarini, shuningdek, veterinariya amaliyotida qo‘llanilish imkoniyatini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birgalikda cho‘ktirish usuli bilan XZ/GA massa% nisbatlarini o‘zgartirish orqali boshqariladigan tarkibli nanostrukturali kompozisiyalar sintez qilingan;
ilk bor “in situ” sharoitida olingan XZ Bombyx mori kompozitlarini olishning maqbul sharoitlari aniqlandi va ularning tarkibini tartibga solish vositalari ishlab chiqilgan;
ilk bor eksperimental va nazariy tadqiqot usullari asosida xitozan makromolekulalarining kal`siy gidroksiapatit bilan o‘zaro ta’sirining dastlabki sxemasi taklif etilgan;
XZ/GA massa% nisbati va ularning biologik faol xossalari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yuqori biologik faollikka ega bo‘lgan Bombyx mori xitozanining gidroksiapatit bilan kompozitining sintezi va xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xitozan va gidroksiapatit kal`siy asosidagi preparat tovuqlarning tuxumdorlik samaradorligini oshirish va kal`siy-fosfor balansini saqlash uchun Samarqand veterinariya tibbiyoti institutida amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 31 maydagi 02/23-967-son ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahalliy biopreparatlar safini kengaytirishga xizmat qiluvchi xitozan gidroksiapatit Bombyx mori olish usuli uchun laboratoriya texnologiyasini ishlab chiqish imkonini bergan;
xitozan asosida plyonkalar olish va ularni qo‘llashdan №FZ 2019 081633 «Mahalliy Apis Mellifera asalarilarning nobud bo‘lgan qismidan xitin va xitozan ajratib olish va ular asosida biologik parchalanadigan plyonkalarni olish» mavzusidagi amaliy loyihasida Bombyx mori xitozani asosida biologik faol preparatlar plyonkalarini olish usullaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 maydagi 89-03-2136-son ma’lumotnomasi). Natijada, fiziologik eritmalarda samarali parchalanadigan elastik, biologik faol xitozan plyonkalari olish imkonini bergan.