Raximov Abdixofiz Lutfullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekiston sharoitida Hibiscus syriacus L.ning bioekologik xususiyatlari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/B506.
Ilmiy rahbar: Yoziev Lutfullo Habibullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.V.70.03.
Rasmiy opponentlar: Haydarov Xislat Qudratovich, biologiya fanlari doktori, professor; Turgunov Mirabdulla Dexkanovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston sharoitiga iqlimlashtirilgan H.syriacusning bioekologik xususiyatlarini aniqlash va ko‘paytirish usullari hamda parvarishlash agrotexnikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
H. syriacusning Toshkent sharoitida o‘sish va rivojlanish xususiyatlari ochib berilgan, 5 yoshgacha uning jadal o‘sishi, 5-10 yoshda o‘sish sur’atining pasayishi, bu jarayon urug‘ mahsuldorligining oshishi bilan uzviy bo-liqligi aniqlangan;
H. syriacus vegetativ organlarining anatomik tuzilishida xarakterli diagnostik va adaptiv belgilar aniqlangan;
turli yoshdagi va har xil sharoitda o‘sayotgan H. syriacus ni reproduktiv biologiyasida o‘zaro farqlar ochib berilgan va mo‘’tadil iqlimda (Toshkent) yuqori sifatli (97,3%), ekstraarid sharoitda (Qarshi) past sifatli (60%) urug‘ hosil qilganligi aniqlangan;
H. syriacus  forma va navlarning yuqori havo harorati va sovuqqa chidamliligi, shuningdek, Speciosus navining sovuq haroratga eng bardoshli ekanligi aniqlangan;
forma va navlar manzaralilik va xo‘jalik-biologik sifatlari baholanib, o‘ta istiqbolli va istiqbolli navlar guruhi ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
O‘zbekiston sharoitida H.syriacusning bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
forma va navlarni gullash biologiyasi, shuningdek, ularni kompleks baholash asosida olingan ma’lumotlar Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi tashkilotlar amaliyotiga joriy etilgan (Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasining 2021 yil 29 apreldagi 1-13/1256-son ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent va Qarshi shaharlari yashil manzarasini yanada oshirish imkonini bergan;
turli sharoitda o‘sayotgan o‘simliklarni reproduktiv biologiyasiga doir ma’lumotlar hamda o‘simlikni ko‘paytirish, shakl berish orqali uning manzaraliligini oshirish va umrini uzaytirish usullari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qashkadaryo viloyati O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2021 yil 5 maydagi 05/21-1990-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamizda manzarali butalarni ko‘paytirish, etishtirish, ko‘p miqdorda sog‘lom ko‘chatlar tayyorlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish