Abduraxmonov Sayfiddin Fayzullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Paramagnit ionlar orasida o‘zaro almashinuv», 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/K228.
Ilmiy rahbarlar: Umarov Baqo Bafoevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.72.01.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Shaxnoza Abduxalilovna, kimyo fanlari doktori, professor; Husenov Qaxramon Shayimovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: orto-oksikarbonil birikmalar va ben-zoilatseton digidrazonlari tipidagi geksadentat organik ligandlar asosida paramagnit ionlar [VO(II), Cr(III), Mn(II), Ni(II), Cu(II)]ning kompleks birikmalarini sintez qilish, tuzilishi va o‘zaro almashinuv tabiatini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor dikarbon kislota digidrazonlari sintez usullari ishlab chiqilgan va 15 ta yangi organik ligandlar, ular asosida 43 ta VO(II), Cr(III), Mn(II), Ni(II), Cu(II) ionlarining gomo- hamda geterobiyadroli kompleks birikmalari sintez qilingan;
zamonaviy fizik-kimyoviy va kvant-kimyoviy usullar yordamida sintez qilingan organik moddalar, ular asosida olingan kompleks birikmalarning tarkibi va tuzilishi, geometrik va energetik parametrlari, atomlardagi zaryadlarning taqsimoti, reaksion qobiliyati aniqlangan; 
oraliq metallarning gomo-, geterobiyadroli kompleks birikmalarda markaziy ion to‘rt karra deprotonlangan ligand qoldig‘i bilan besh- va olti a’zoli metallhalqalar hosil qilishi, o‘zaro almashinuv hodisasining metilen guruhlari soniga va metall tabiatiga bog‘liqligi isbotlangan;
tarkibida Cr3+, Mn2+ va Cu2+ kabi mikroelementlar bo‘lgan preperatlari asosida g‘o‘zaning o‘sishini tezlashtiruvchi va hosildorligini oshiruvchi yangi samarali stimulyatorlar yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Cr(III), Mn(II), Cu(II) ning benzoilatseton hosilalari bilan kompleks birikmalarning sintezi, tuzilishi va qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
SK-1 ((Cr)2L13(AcO)24NH3), SK-2 (Mn2L13.6NH3) va SK-3 (Cu2L132NH3) preparatlari Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani “Dilorom Dilbar zamini” fermer xo‘jaligining dalalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 28 yanvardagi 02/020-295-son ma’lumotnomasi). Natijada, chigitning unuvchanligini o‘rtacha 10,6% ga oshirish, shuningdek so‘ruvchi hashoratlar zararini keskin kamaytirish, xlorofill miqdori va ko‘saklar sonini oshirish imkonini bergan;
sintez qilingan Cr3+, Mn2+, Cu2+ mikroelementlari va azot tutgan kompleks birikmalar “Dilorom Dilbar zamini” fermer xo‘jaligi dalalarida g‘o‘za nihollarining rivojlanishini tezlashtiruvchi va kasalliklarga chidamliligini oshiruvchi preparat sifatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 28 yanvardagi 02/020-295-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqda fermentlarning (katalaza, peroksidaza, polifenoloksidaza) faolligi, nafas olish ko‘rsatkichi qiymatlari va g‘o‘zaning kasalliklarga bardoshliligini oshirish hamda ko‘saklarning pishib etilishini o‘rtacha 4,54% ga tezlashtirish va hosildorlikni o‘rtacha 2,9 s/ga oshirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish