Kucharov Jahongir Ovlayarovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish sharoitida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish yo‘llari», 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusiro‘yxatgaolinganraqam: B2018.3.PhD/Iqt659.
Ilmiyrahbar: Chariev Qurbon Amirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxsumxanova Aziza Mukadirovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish sharoitida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligida talab etiladigan kadrlar soni me’yorlarini aniqlash uslubi mehnatning intensivligi, mehnat unumdorligi va mehnat tejamkor texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini hisobga oluvchi to‘g‘rilovchi koeffisientlar orqali takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligida malakali kadrlarni tayyorlash, fan-ta’lim va amaliyot integratsiyasini ta’minlashni davlat tomonidan soliq, moliya va kredit dastaklari hamda autstaffing xizmatlarini rivojlantirish orqali rag‘batlantirish yo‘llari asoslangan;
agrar ta’lim muassasalariga yangi ta’lim shakli va usullarini samarali joriy etish maqsadida “Qishloq xo‘jaligida zamonaviy ta’lim shakllarini sinash va joriy etish markazi”ni tashkil etish va uni moliyalashtirish usullari taklif etilgan;
Qashqadaryo viloyatida yangi ishlab chiqarish va boshqaruv shakllarining joriy etilishi sharoitida qishloq xo‘jaligida malakali mutaxassis kadrlarga bo‘lgan talab o‘zgarishining 2025 yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish sharoitida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
qishloq xo‘jaligida turli ixtisosliklar bo‘yicha talab qilinadigan kadrlar soni me’yorlarini mehnat intensivligi, unumdorligi va tejamkor vosita va texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini hisobga oluvchi to‘g‘rilovchi koeffisientlar orqali aniqlash yuzasidan berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 01/00-04/06-12112-son ma’lumotnomasi). Bu qishloq xo‘jaligida turli ixtisosliklar bo‘yicha talab qilinadigan kadrlar soni me’yorlarini aniqlashda aniqlik darajasining oshishiga xizmat qilgan.
qishloq xo‘jaligida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ta’minoti tizimini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari va uni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 01/00-04/06-12112-son ma’lumotnomasi). Bu tavsiyalar agrar ta’lim yo‘nalishlarida o‘zaro bog‘liq va manfaatdorlikka asoslangan kooperatsiya munosabatlari samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchi korxonalar va boshqaruv organlarini malakali mutaxassis va oliy ma’lumotli kadrlar bilan ta’minlashda ilm-fan-amaliyot integratsiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
agrar tarmoqlar uchun zarur ixtisosliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini joriy etish, tijoratlashtirish hamda sohaga oid zamonaviy tajribalarni keng targ‘ib etishga qaratilgan markazlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 01/00-04/06-12112-son ma’lumotnomasi). Bu istiqbolda ilm-fan-amaliyot integratsiyalashuvini ta’minlashi hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini 20-25 foiz oshirishga zamin yaratgan;
qishloq xo‘jaligining rivojlanish dinamikasi va hududlarning agrar salohiyati, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining texnik-texnologik imkoniyatlarini inobatga olgan holda tegishli mutaxassis kadrlar bilan ta’minlanish darajasini, istiqbolda ular soni o‘zgarishini bashoratlash yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy-amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 01/00-04/06-12112-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligi mehnat bozori kon`yunkturasi o‘zgarishini inobatga olish, xo‘jalik yuritish sub’ektlari, tashkilot va boshqaruv organlarini malakali kadrlar bilan me’yor darajasida ta’minlash, o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida ishlab chiqarish samaradorligini 15-20 foiz oshirish imkoniyatini yaratgan.