Qanaatov Esimqan Elsuyer ulining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq xalq tarixiy qo‘shiqlari”, 10.00.08 – Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil99.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Allambergenov Kenesbay, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, Dsc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umurzoq, filologiyafanlaridoktori, professor; Sabitova Tadjixon, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchitashkilot: O‘zR FA Qoraqalpog‘istonbo‘limi Qoraqalpoq Gumanitar fanlar ilmiy
tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq fol`kloridagi xalq tarixiy qo‘shiqlarining ma’lum bir davrdagi (boshlang‘ichdan XX asr boshlarigacha) paydo bo‘lish va shakllanish yo‘llarini, jarayonlarini aniqlash, janriy xususiyatlarini, tipologiyasi va poetikasini ochib berish hamda shu asosda xalq tarixiy qo‘shiqlarining xalq poeziyasi tizimidagi o‘rnini belgilab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq xalq tarixiy qo‘shiqlarining genetik asoslarini aniqlashga doir izlanishlar natijasida bu tip poetik matnlarning qadimiy qatlami turkiy qavmlar fol`klorining arxaik davriga xos tarixiy-qahramonlik qo‘shiqlariga borib taqalishi isbotlangan;
qadimdan «Elibaylar» yohud «Elibay qoraqalpoqlari» nomi bilan ma’lum Tog‘eliboy o‘lkasi (hozirgi Navoiy va Buxoro viloyatlarida qoraqalpoqlar yashayotgan hududlar) aholisi orasidan yozib olingan tarixiy jirlar Orolbo‘yi mintaqasida tarqalgan qoraqalpoq tarixiy qo‘shiqlarining tarkibiy qismi ekanligi asoslangan;
qoraqalpoq xalq tarixiy qo‘shiqlari o‘zining shakllanish jarayoni, yaratilish hududi va badiiy evolyusiyasiga ko‘ra Oltin O‘rda – No‘g‘ayli davri qo‘shiqlari, Turkiston davri qo‘shiqlari, Janadaryo davri qo‘shiqlari va Orolbo‘yiga qaytib aylanib kelish davri qo‘shiqlariga bo‘linishi dalillangan;
qoraqalpoq tarixiy qo‘shiqlari xalq hayotida sodir bo‘lgan real voqealar asosida yuzaga kelgan fol`klor asarlari bo‘lib, unda hayotiy voqelik ixcham syujet asosida bayon etilishi, konfliktning tarixan konkretliligi va tarixiy mantiq to‘la namoyon bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq xalq tarixiy qo‘shiqlarining genezisi va shakliy-mazmuniy janr xususiyatlarini belgilash asosida olingan natijalar quyidagi ko‘rinishlarda amaliyotda joriy qilingan:
Elibay (Tog‘eliboy) qoraqalpoqlaridan yozib olingan tarixiy qo‘shiqlarning Orolbo‘yi qoraqalpoqlari tarixiy qo‘shiqlari bilan o‘xshash va farqli jihatlariga oid ilmiy-nazariy natijalaridan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq Gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1.GOO2 «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini o‘rganish» (2012-2016) fundamental loyihasining fol`klor janrlariga oid bo‘limlarini yozishda muhim nazariy va amaliy manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 13 yanvardagi 297/1-son dalolatnomasi). Natijada Orolbo‘yi qoraqalpoqlari tarixiy qo‘shiqlari bilan o‘xshash va farqli jihatlariga aniqliklar kiritilgan;
qoraqalpoq xalq tarixiy qo‘shiqlarining janriy xususiyatlarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan I1-XT-0-17222 «Qoraqalpoq milliy mentalitetini o‘quvchi-yoshlar ongiga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish» (2013-2014) amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 13 yanvardagi 4-04/83-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlarga ma’naviy-axloqiy fazilatlarni va milliy mentalitetni singdirishda xalq pedagogikasi va zamonaviy ta’lim-tarbiyaviy fikrlarni uyg‘unlashtirish imkoniyati yaratilgan va interfaol texnologiyalardan foydalanish imkoniyati kengaytirilgan;
qoraqalpoq xalq tarixiy qo‘shiqlarining yosh avlodni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyatiga tegishli ilmiy-nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining «Assalomu alaykum, Qoraqalpog‘iston», «Fan va ta’lim» axborot-ta’lim dasturidagi ko‘rsatuv va eshittirishlar ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2020 yil 13 yanvardagi 01-02/19-son dalolatnomasi). Natijada milliy qadriyatlarimizning ma’naviy-madaniy rivojlanishda tutgan o‘rni va ta’lim-tarbiyadagi ahamiyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishga erishilgan.