Jepbarova Sayat Qurbanmiratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oshiq Najab” dostoni turkiy versiyalarining genezisi va poetikasi (o‘zbek, turkman va qoraqalpoq versiyalari misolida)”, 10.00.08 – Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil395
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Mamatqul Jo‘raev, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti,Dsc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: BahadirovaSarigul, filologiya fanlari doktori, professor; Sariev San’atjon Matchonboevich, filologiya fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi «Oshiq Najab» dostoni turkiy versiyalarining og‘zaki va yozma variantlarini qiyosiy-tipologik jihatdan o‘rganish asosida doston syujetining tarixiy ildizlari va mifologik asoslari, kompozision tuzilishi, obrazlar tizimi, poetikasi va baxshilar epik repertuaridagi o‘rnini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Oshiq Najab» dostoni turkiy versiyalari tilining leksikasida o‘g‘uz tip lug‘aviy birliklar ustuvorlik qilishiga asoslangan holda ushbu asar sozanda-baxshi haqidagi xalq afsonalarining poetik transformatsiyasi asosida Orolbo‘yi epik arealida shakllanganligi dalillangan;
«Oshiq Najab» dostonining turkiy xalqlar fol`kloridagi og‘zaki variant va versiyalarini yaxlit epik tizim sifatida ilk bor qiyosiy tadqiq etish natijasida “oshiq” turkumiga mansub mazkur epik asar baxshichilik va sozandalik yo‘nalishidagi hamnafas ijro uchun mo‘ljallab yaratilganligi isbotlangan;
«Oshiq Najab» dostonida tasvirlangan voqealarning badiiy talqini va syujet tizimini qiyosiy tahlil qilish orqali mazkur epik asar turkiy xalqlar fol`kloridagi «Oshiq Alband» dostonining davomi ekanligi dalillanib, eposdagi biografik turkumlilik hodisasi “oshiq” turkumi dostonlariga ham taalluqli ekanligi aniqlangan;
«Oshiq Najab» dostonining o‘zbek, qoraqalpoq va turkman baxshilari ijrosida yozib olingan og‘zaki variantlari hamda qo‘lyozma nusxasini qiyosiy tahlil qilish natijasida doston turkiy versiyalaridagi farqli jihatlarning yuzaga kelishiga milliy epik an’analarning o‘ziga xosligi, baxshilarning individual badiiy mahorati va badihago‘ylik iqtidori asos bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Oshiq Najab» dostoni turkiy versiyalari genezisi va poetikasini qiyosiy-tipologik aspektda o‘rganish asnosida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga joriy etilgan:
«Oshiq Najab» dostonining yozib olinishi, nashr etilishi va o‘rganilishi tarixi, dostonning oshiqlik ruhida yaratilganligining sabablari, doston turkiy versiyalarining qiyosiy-tipologiyasi va badiiy o‘ziga xosligiga doir faktik materiallari hamda ilmiy-nazariy umumlashmalaridan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining FA-F-1-005 raqamli «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish» (2017-2021) mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 2 iyundagi 126/1-son ma’lumotnomasi). Natijada «Oshiq Najab» dostonining turkiy fol`klorshunosligida o‘rganilishi tarixiga doir ilmiy-nazariy qarashlar yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan va takomillashtirilgan;
«Oshiq Najab» dostoni turkiy versiyalaridagi farqli jihatlarning yuzaga kelishiga milliy epik an’analarning o‘ziga xosligi, baxshilarning individual badiiy mahorati va badihago‘ylik iqtidori asos bo‘lganligi haqidagi ilmiy-nazariy xulosalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasining ta’lim turkman tilida olib boriladigan umumta’lim maktablarida tajriba-sinov ishlarini olib borishda, o‘quv rejalarini tuzishda, xalq dostonlari haqidagi nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘lamini kengashtirishda, doston matnlarini tahlil etish hamda o‘quvchilarga turkman fol`klorining o‘zbek, qoraqalpoq fol`klorlari bilan tipologik o‘xshashligiga xos ma’lumotlarni etkazishda foydalanilgan(Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 16 dekabrdagi 01-01/10-3929-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlod qalbiga nomoddiy madaniy meros bilan bog‘liq an’analarni keng ko‘lamda singdirish orqali ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda xalq dostonlaridan ruhiy oziqlanish hissiyotlarini shakllantirishga erishilgan;
o‘zbek, qoraqalpoq va turkman xalqlari fol`klorining mushtarak merosi hisoblangan «Oshiq Najab» dostonida soz san’ati va baxshi obrazining aks etishi, uning mifologik asoslariga aloqador ilmiy natijalar I.V.Saviskiy nomidagi badiiy san’at muzeyining xalq ijodiyoti bo‘limiga tegishli eksponat va materiallar ko‘rgazmasini tashkil etishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 2-4/1602-son ma’lumotnomasi). Xalqimiz soz san’ati, dutor jo‘rligida qo‘shiq aytish va baxshichilik san’atining kelib chiqishi haqidagi mifopoetik qarashlari aks etgan epik asarlarni targ‘ib qilish natijasida baxshichilik sohasidagi «ustoz-shogirdlik» an’analarini qayta tiklash, yoshlarda baxshichilik san’atiga havas uyg‘otish hamda yosh avlodni vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash va ruhan etuk tarbiyalashga erishilgan;
Orolbo‘yi etnomadaniy arealida qo‘shni bo‘lib yashab kelayotgan o‘zbek, turkman va qoraqalpoq xalqlari epik an’anasidagi o‘xshashliklar, dostonlardagi syujet va motivlarning mifologik asoslari bilan bog‘liq nazariy qarashlar va tahlilga tortilgan «Oshiq Najab» dostonini qiyosiy o‘rganish natijasida qo‘lga kiritilgan materiallardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining «Oltin ostona», «Adabiyot va davr» kabi teledasturlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2020 yil 24 dekabrdagi 01-02/s296-son ma’lumotnomasi). Natijada «Oshiq Najab» dostoni turkiy versiyalarining genezisi va poetikasi, mazkur dostonning milliy talqinlaridagi o‘xshash va farqli jihatlar haqidagi ilmiy qarashlar jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib etilgan.