Safarov Dilmurod Xalimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sotuvchi va xaridor munosabatlarini takomillashtirishning ijtimoiy psixologik mexanizmlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/P135.
Ilmiy rahbar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlar doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Huseynova Abira Amonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Shoyimova Shoxista Sanakulovna,  psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi «sotuvchi-xaridor» diadasi munosabatlari-ning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
insonning to‘rt o‘lchovli dinamik semantik matrisasi tuzilmasi kontekstidagi «Sotuvchi-xaridor» diadasi munosabatlari mexanizmi fazoviy makon va vaqt oralig‘idagi tafovutlanishlarga ko‘ra iqtisodiy munosabatlar egasining «individ → sub’ekt → individuallik → shaxs» ko‘rinishdagi tetra tuzilmasi asosida takomillashtirilgan;
avlodlar toifasining iste’mol buyumlariga bo‘lgan motivatsion munosabat tizimi aniqlanib, sotuvchi va iste’molchi psixologiyasiga be’vosita ta’sir etuvchi ijtimoiy psixologik omillarning ierarxik tizim asosida dinamikasi ochib berilgan;
sotuvchi-xaridor diadasi kontekstida sotuvchilarning bozor jarayoniga nisbatan shaxsiy munosabatlari pragmatik maqsad yo‘lidagi sezgirliklarini yaqqol namoyon qilib  bunda, geografik-demografik omillar sotuvchi-xaridor diadasidagi mikrosotsium ta’sirchan muhit sifatida gavdalanib, Bebi-Bumerlar avlodi va X avlod vakillarining bozor munosabatlari maydonida o‘ziga xos o‘rin egallaganligi isbotlangan; 
sotuvchi-xaridor diadasi o‘zaro munosabatlari jarayonida xaridorning gap-so‘zi, hissiyot yoki xulq-atvor reaksiyalarida namoyon bo‘ladigan sifatlari orqali yuqori darajali ehtimollik bilan kutilayotgan samaradorlik aniqlanib, bunday samarador ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar Z avlod vakillari uchun odatiy sanalib, psixografik va xulq-atvor omillari ta’sirining ijobiyligi xaridordagi asosiy ehtiyojlarni qondirishga nisbatan ustanovkalarini kuchaytiruvchi omil ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Sotuvchi-xaridor» diadasi munosabatlarining ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini o‘rganish, uni takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Sotuvchi-xaridor» diadasi o‘zaro munosabatlari mexanizmini tizimlashtirish bo‘yicha taklif Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 19 avgustdagi 9-sonli buyrug‘iga asosan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 sentyabr 89-03-3255-son va Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 19 avgustdagi P-M № 9a-son ma’lumotnomalari). Natijada professonal va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalariga amaliy psixologik xizmat sifatini oshirishga erishilgan;
«Avlodlar toifasi»ning iste’mol buyumlariga bo‘lgan munosabat tizimi aniqlanib, bozor ishtirokchilarining iqtisodiy munosabatlar doirasidagi ixtiyoriy ichki intilishi sifatida namoyon bo‘lsa-da, bu tizim mexanizmlari «sotuvchi psixologiyasi» va «iste’molchi psixologiyasi» xususiyatlarini anglaganlik darajasi orqali izohlanib, ushbu jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi eng ustuvor «millenial avlod» bu «X avlod» va «Y avlod» vakillari ekanligi yuzasidan asoslantirilgan taklif Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 19 avgustdagi 9-son buyrug‘iga asosan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2020 yil  oktyabr 11/05-15-8702 -son va Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 19 avgustdagi P-M № 9a-son ma’lumotnomalari). Shu orqali savdo-majmualarida psixologik xizmat ko‘rsatadigan bo‘lajak amaliyotchi psixologlarning iqtisodiyot sub’ektida faoliyat olib boruvchi sotuvchilar iqtisodiy ongini oshirish bilan bog‘liq ko‘nikmalarni shakllantirish sifatini oshirishga erishilgan; 
«Cotuvchi-xaridor» diadasi kontekstida sotuvchilarning bozor jarayoniga nisbatan shaxsiy munosabatlari pragmatik maqsad yo‘lidagi sezgirliklarini yaqqol namoyon qiladilar. Bunda, «geografik-demografik» omillar «sotuvchi-xaridor» diadasidagi mikrosotsium ta’sirchan muhit sifatida gavdalanib, «Bebi-Bumerlar avlodi» va «X avlod» vakillarining bozor munosabatlari maydonida o‘ziga xos o‘rin egallaganligi isbotlangan ekanligi borasidagi tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 19 avgustdagi 9-son buyrug‘iga asosan «Boshqaruv va marketing» moduliga kiritilgan bo‘lib  «Jamiyatda dolzarb ijtimoiy muammolarini o‘rganish, tahlil qilish va hal etish bo‘yicha ilmiy psixologik tadqiqotlar o‘tkazish hamda ularda qo‘llaniladigan samarali metodlarni ishlab chiqilishini ta’minlash» metodikasiga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 sentyabr 89-03-3255-son va Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 19 avgustdagi P-M № 9a-son ma’lumotnomalari). Natijada markazda bo‘lg‘usi amaliy psixologlarning bozor iqtisodiyoti munosabatlari jarayonida «sotuvchi» va «xaridor»lar moslashuvini optimallashtirishga xizmat etadigan pozitiv ijtimoiy-iqtisodiy qarashlari samaradorligi yanada oshirilgan;
«Cotuvchi-xaridor» diadasi o‘zaro munosabatlari jarayonida xaridorning gap-so‘zi, hissiyot yoki xulq-atvor reaksiyalarida namoyon bo‘ladigan sifatlari orqali yuqori darajali ehtimollik bilan kutilayotgan samarador ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar «Z avlod» vakillari uchun odatiy sanalib, «psixografik» va «xulq-atvor» omillari ta’sirining ijobiyligi xaridordagi asosiy ehtiyojlarni qondirishga nisbatan ustanovkalarni kuchaytiruvchi ekanligi borasidagi taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining amaliy faoliyatida joriy qilingan va «Davlat buyurtmasi asosida hamda ijtimoiy talablar asosida jamiyat hayotidagi shaxs psixologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus tizimli muammolar bo‘yicha amaliy psixologik tadqiqotlar o‘tkazib, ularning echimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish» metodikasiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2020 yil oktiyabr` 11/05-15-8702-son ma’lumotnomasi). Natija sifatida bo‘lajak amaliyotchi psixologlarning bozor munosabatlari sub’ektlarining iqtisodiy jihatdan mavqeini baholash kompetensiyalari oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish