Mardiev Begali Xudoyqul o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilidagi izhor gapli qurilmalar sinonimiyasining funksional-semantik tahlili”, Ixtisoslik - 10.00.01-O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2019.2.PhD/Fil783.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Muso Muxammadievich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: O‘rinbaeva Dilbar Bazarovna, filologiya fanlari doktori; Baxriddinova Bashorat Madievna, filologiya fanlari doktori.  
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida izhorli qurilmalarning shakllanishi, ularning leksik-semantik va shakliy-denotativ differensiatsiyasi, izhorli qurilmalar komponentlarining semantik-sintagmatik aloqalari, izhorli qurilmalar sinonimiyasining semantik-struktur va funksional-semantik munosabatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
ob’ektiv voqelikning xabar ob’ektiga aylanadigan har qanday vaziyatni fikriy, hissiy o‘zlashtirish, baholash va shu kabilar izhorlash mazmunini ifodalanishi hamda izhorlovchi qism harakat, jarayon, holat, sifat, borliqda joylashish o‘rni, samaradorlik, natija, dalillar majmuasi, ularning o‘zaro aloqasi kabi har xil predikatlardan iborat bo‘lishi asoslangan;
izhorli predikatning semantik imkoniyatlarining namoyon bo‘lishi uning struktur-grammatik asosi bo‘lgan tayanch so‘zlarning leksik-semantik tabiati va shakllanishiga qarab belgilanishi, ularning valentlik va grammatik xususiyatlari izhorlanayotgan qismga semantik-sintaktik jihatdan bog‘liqligi ochib berilgan; 
izhorli qurilmalarning turli ko‘rinishlari sintetik, analitik shakli kabi struktur-semantik tiplarining leksik, grammatik, leksik-sintaktik modifikatsiyalari transformatsiyalar tufayli hosil bo‘lishi hamda izhorli predikatlarning funksional-semantik, funksional sintaktik sinonimiyasi yadroviy strukturalar grammatik transformatsiyasi va sintaktik perifrazalashish qatori bo‘yicha sinonimiyalardan iborat ekanligi dalillangan;
izhor predikatlari xabar - aytish, ma’lum qilish, so‘rash, idrok - hissiy eshitish, ko‘rish, yoki tafakkurga oid bilish, tushunish, his-tuyg‘u, emotsional reaksiya - quvonish, emotsional kechinma - qo‘rqish, emotsional munosabat - yoqtirish, bilish, o‘ylash, baho berish - yaxshi, yomon, oz, ko‘p, engil, qiyin, turmush va namoyon bo‘lish, istak, imkoniyat, ehtiyoj va muqarrarlik kabi semantik-struktur komponentlardan iborat ekanligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi izhor gapli qurilmalar sinonimiyasining funksional-semantik tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
so‘z yasalishi va sintaksis masalalarini tahlil qilishda izhorlovchi predikatning struktur-grammatik asosi bo‘lgan tayanch so‘zlarning leksik-semantik tabiati, grammatik xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalardan 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 sentyabrdagi 89-03-3359-son ma’lumotnomasi). Natijada so‘z yasalishi ma’no uyg‘unligi masalalarini tahlil qilishda nazariy asos mustahkamlangan;
ob’ektiv voqelikning xabar ob’ektiga aylanadigan har qanday vaziyati fikriy yoki hissiy o‘zlashtirish, baholash singarilarda izohlash mazmuni bo‘lishi tufayli izhorlovchi predikatlarni leksik-semantik guruhlarga ajratish yuzasidan olingan xulosalardan 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F1-78 raqamli «Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (vazifaviy uslublar tahlili asosida)» fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 oktyabrdagi 89-03-3745-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari idrok predikatlari, axborot predikatlari, bilim va tafakkur predikatlari, baholovchi tavsiflovchi semantik predikatlar, modal predikatlarining hosil bo‘lishi va ularning o‘ziga xosligini ifodalashga oid  nazariy fikrlarning rivojlanishiga asos bo‘lgan;
o‘zbek tilida izhorli qurilmalarning shakllanishi, ularning leksik-semantik va shakliy-denotativ differensiyasi, izhorli qurilmalar komponentlarining struktur va funksional-semantik munosabatlarni yoritib berishda Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining «Assalom Samarqand», «Ta’lim va taraqqiyot» kabi o‘quv-ma’rifiy hamda ilmiy-ommabop teleko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 5 oktyabrdagi 09-01/300-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar yangi manbalar vositasida to‘ldirilib ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda ilmiy yangiliklar bilan boyitilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish