Xasanov Aziz Qosimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maloinvazivniy metod lecheniya gnoynix zabolevaniy legkix», 14.00.27 –Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2019.2.PhD/Tib990yu
Ilmiy rahbarlar: Safoev Boqodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Magomed Axmedovich tibbiyot fanlari doktori, professor, Uroqov Shuhrat To‘xtaevich tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. bemorlarda o‘pka yiringli kasalliklarini miniinvaziv usul yordamida davolash va uning natijalari samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yiringli o‘pka kasalliklarini davolash kompleksida nazotraxeobronxial drenajlash usulidan foydalanish davolash natijalariga ishonarli ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, yiringli bo‘shliqlar infeksiyadan tozalanishini tezlashtirishi, abssess bo‘shlig‘ining kichrayishi, davolash davomiyligini kamaytirishi isbotlangan;
o‘pkaning yiringli kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar balg‘amidan Staphylococcus aureus monokul`tura va assotsiatsiya shakllarida ko‘p identifikatsiya qilinib, boshqa grammanfiy va grammusbat patogen mikrooganizmlarga nisbatan etiologik agent sifatida miqdoriy va sifatiy jihatdan ko‘p uchrashi aniqlangan; 
nazotraxeobronxial drenajning maqsadli antibakterial terapiya bilan birgalikda qo‘llanilishidan foydalanish bemor qonida kislorod bilan to‘yinganlik indeksining an’anaviy davolashga nisbatan ikki baravar tezroq barqarorlashtirishi aniqlangan;
yiringli o‘pka kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni davolashda yiringli bo‘shliqlarni nazotraxeobronxial kateterizatsiya qilish usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, bu kam jarohatli va miniinvaziv usul sifatida kasallik salbiy oqibatlarini qisqa vaqt ichida kamaytirishga imkon berganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yiringli-destruktiv o‘pka kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Bronxial oqma bilan asoratlangan o‘pka yiringli kasalliklarini davolashda yiringli o‘choqni transtraxeal drenajlash samaradorligi» nomli uslubiy tavsiyanomasi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 24 noyabrdagi 8n-d/199-sonli xulosasi) tasdiqlangan. Tavsiya etilgan tavsiyalar yiringli bo‘shliqlar hajmining pasayishi va yiringli yallig‘lanish jarayonining regressiyasi tufayli o‘pkaning yiringli-destruktiv kasalliklari bilan jarrohlik davolash sifatini oshirishga imkon bergan;
«Bronxial oqma bilan asoratlangan o‘pka yiringli kasalliklarini davolashda o‘pkani nazotraxeobronxial drenajlash» nomli uslubiy tavsiyanomasi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 24 noyabrdagi 8n-d/199-sonli xulosasi) tasdiqlangan. Mazkur tavsiyanoma yiringli bo‘shliqlarni infeksiyadan tozalashni tezlashtirish, abssess bo‘shlig‘ining kichrayish vaqtini qisqartirish va davolanish davomiyligini qisqartirish imkonini bergan;
yiringli-destruktiv o‘pka kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlash faoliyatiga, xususan, Jondor tuman tibbiyot birlashmasi, Kogon tibbiyot birlashmasi va Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro fillialida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 21-dekabr 8n-z/202-sonli xulosasi). Davolashning tavsiya qilingan taktikasidan foydalanish yiringli bo‘shliqlar hajmi kamayishi, infeksiyadan tozalashni tezlashtirishi, davolashning o‘rtacha davomiyligi ikki baravar qisqartirishiga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish