Xasanov Sherali Toshtemirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qovuq invaziv saratonining xirurgik davolashda geterotopik qovuq rezervuari», 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib939.
Ilmiy rahbar: Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.77.01
Rasmiy opponentlar: Muxammedaminov Shuxrat Karimdjanovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Rustam Nosirovich tibbiyot fanlari doktori;
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot institut. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qovuq invaziv saratoni bilan xastalangan bemorlarda radikal sistektomiya natijalarini kontinent geterotopik qovuq rezervuarini shakllantirish buyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chikish yuli bilan yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yo‘g‘on ichak ko‘tariluvchi qismidan, detubulyarizatsiyasiz qovuq rezervuar shakllantirish xususiyatining samarali davolash tartibi asoslangan;
detubulyarizatsiyasiz qovuq rezervuar ichi bosimi pastligi, peshobni o‘zida saqlash, reflyuks kuzatilmaganligi va appedikostomada peshobni ixtiyorsiz oqib ketish oldini olishga qaratilgan jarroxlik amaliyotini mumkinligi isbotlangan;
qovuq rezervuar shakllantirish jarroxlik amaliyoti natijasida, ananaviy usuliga nisbatan qonning biyokimyoviy ko‘rsatkichlari (mochevina, kreatinin, azot qoldiqlari) me’yorlashishi isbotlangan;
yaratilgan davolash usulining qo‘llaniladigan usullardan qulayligi, jarrohlik amaliyotning vaqti va hajmining qisqarishi, jarroxlik amalietni asoratlarini kamayishi, bemorlarning hayot davomiyligi va sifatini yaxshilashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qovuq invaziv saratonining xirurgik davolashda geterotopik qovuq rezervuarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
radikal sistektomiyadan keyin detubulyarizatsiyasiz kontinent qovuq rezervuarini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan«Radikal sistektomiyadan keyin detubulyarizatsiyasiz kontinent qovuq rezervuarini shakllantirish uslubi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 oktyabrdagi 8n–d/219–son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qovuq invaziv saratoni bo‘lgan bemorlarni davolashda xirurgik amalaiyotning samaradorligini oshirish, bemorlarning xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar asosida qovuq invaziv saratonining xirurgik davolashda geterotopik qovuq rezervuarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markaziing Namangan va Jizzax filiallari faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 4 dekabrdagi 8n–d/219–son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotga joriy qilinishiqovuq invaziv saratoni bo‘lgan bemorlarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish spektri sezilarli darajada imkonini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish