Isaev Ilshod Sultanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bir yoshdagi bolalar salomatligini, turmush tarzi va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish xolatini komples integral baxolash», 14.00.33 – Jamiyat salomatligi, sog‘liqni saqlashda menejment, 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib586.
Ilmiy rahbarlar: Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Ashurova Dilfuza Tashpulatovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Furqat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Aziz Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bir yoshdagi bolalar salomatligi, turmush tarzi va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish holatini baholash va uning tashkiliy jihatlarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir yoshdagi bolalarning kasallanish va o‘limining yetakchi sabablari tuzilmasi va darajasi 4 ta muxim (F-1: sotsiologik omillar, F-2: onaning kasallanish darajasi omili, F-3: ijtimoiy-psixologik omillar va F-4: hayotning iqtisodiy darajasi omili) omillar ko‘rsatkichlari ortishiga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi isbotlangan;
bir yoshdagi bolalarning kasallanish (nafas olish a’zolari tizimi kasalliklari, perinatal davrda yuzaga keladigan holatlar va tug‘ma anomaliyalar) darajasi jismoniy va psixomotor rivojlanish ko‘rsatkichlari orasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
bir yoshdagi bolalar o‘limining asosiy sabablari nafas olish yo‘llari kasalliklari, xomila ichra rivojlanishdagi holatlar, tug‘ma anomaliyalar, ayollar homiladorlik davridagi kasallanish va ularning ayollar maslahatxonasida muntazam kuzatuv yo‘qligi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
bir yoshdagi bolalar jinsidan qat’i nazar antropometrik o‘lchamlari, tana vazni va yoshi/bo‘yi bo‘yicha ko‘rsatkichlar darajasi (0-6 oylikda - 1CO - + 2CO- oralig‘ida, 6 oydan 12 oygacha - -2CO - + 1CO oralig‘ida) JSST tavsiya etgan o‘sish va rivojlanish standartlariga mos kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bir yoshdagi bolalar salomatligi, turmush tarzi va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish holatini kompleks integral baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bir yoshdagi bolalarni birlamchi bo‘g‘indagi dispanserizatsiyasi chora-tadbirlarini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan «Bir yoshdagi bolalarni dispanser kuzatuvi va sog‘liq uchun xavf omillarini minimallashtirish bo‘yicha ishlarni optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 12avgustdagi 8n-d/111-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi bolalarni ko‘krak suti bilan oziqlantirish darajasini sezilarli oshirishga, oqilona parvarishni ta’minlash va hayotining birinchi yilidagi kasallanish va o‘lim holatlarini kamaytirishga xizmat qilgan;
bolalar hayotining birinchi yilidagi sog‘lig‘i, turmush tarzi va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish holatini kompleks integral baholash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Yunusobod tumani 52-son oilaviy poliklikasi va Andijon viloyati Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasi amaliyotlariga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 fevraldagi 8n-z/40-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sharoitida bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sifatini yaxshilash, bir yoshdagi bolalarni kasallanish va o‘lim holatlarini 1,5 baravar kamaytirishga imkon yaratgan.