Ashurov Dilmurod Axmadalievichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Alpomish» dostonining lingvokul`turologik xususiyatlari» 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2019.1.PhD/Fil683.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04. 
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Ma’rufjon Muhammadovich, filologiya fanlari doktori; Jumanazarova Guljahon Umurzoqovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi «Alpomish» dostonidagi lisoniy-madaniy birliklarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
an’anaviy, turg‘un va individual o‘xshatishlar lingvokul`turologik birlik sifatida milliy mentallikni ifodalash bilan badiiy-uslubiy, lisoniy-madaniy maqsadlar uchun xizmat qilishi asoslangan;
somatik frazeologizmlar, maqol va matallarning semantik, uslubiy xususiyatlari millatning shaxslararo va guruhlararo milliy-madaniy, tarixiy-ijtimoiy, assotsiativ-psixologik munosabatlari hosilasi ekanligi isbotlangan;
«Alpomish» dostonidagi lingvomadaniy birliklar semantikasi til va madaniyat uyg‘unligi asosida ochib berilgan;
doston matnidagi zamon, makon, rang bilan bog‘liq birliklarning, etnografizmlarning voqelanish, shakllanish va qo‘llanishining psixolingvistik, lingvokul`turologik hamda sotsiolingvistik omillari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Alpomish» dostonining lingvokul`turologik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
lingvomadaniy birliklar semantikasi bevosita til va madaniyat uyg‘unligida tahlil qilish orqali to‘laroq namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq nazariy xulosalardan A-F1-G003 «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 13 aprel` 17.01/52-son ma’lumotnomasi). Natijada funksional so‘z yasalishida, so‘zning konnotativ ma’nolarining mustaqillashishi oqibatida yangi so‘zlarning yuzaga kelishida milliy-madaniy omillarning ta’siri nazariy jihatdan asoslangan;
matn ta’sirchanligini oshirishda frazeologizmlar, maqol, matallarning semantik va uslubiy xususiyatlari millatning shaxslararo va guruhlararo milliy-madaniy, tarixiy-ijtimoiy, assotsiativ-psixologik munosabatlari hosilasi ekanligi to‘g‘risidagi ilmiy natijalardan FA-A1-G007 «Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida» (2012-2014) mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 13 aprel` 17.01/52-son ma’lumotnomasi). Natijada maqollarning milliy-madaniy, ijtimoiy-tarixiy ildizlari xalq og‘zaki ijodining boshqa namunalari bilan uzviy aloqada ekanligi ochib berilgan;
shaxs ruhiyati, milliy madaniyat va ijtimoiy-ma’naviy omillarning shakllanishida etnografizm, maqol, matal, frazeologizmlarning ahamiyatiga oid nazariy qarashlar, amaliy tavsiyalar va ilmiy xulosalardan A-1-099 raqam «O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati» (2015-2017) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4306-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha xulosalaridagi fuqarolik jamiyatining milliy-madaniy asoslari va mohiyati borasidagi nazariy fikrlarni shakllantirishda yordam bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish