Muxiddinova Muqaddas Arabbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarqoq skleroz patogenezida neyrospesifik S-100 oqsili va lipoproteidlarning o‘rni va ahamiyati», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib648.
Ilmiy rahbar: Yakubova Marxamat Mirakramovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarini kasbiy  malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: tarqoq sklerozning klinik-nevrologik xususiyatlarini va shunga bog‘liq xolda kasallik patogenezida neyrospesifik S-100 oksili va lipoproteidlarning o‘zaro  aloqadorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tarqoq skleroz bilan kasallangan bemorlarda neyrospesifik S-100 oqsili va lipoproteidlar ko‘rsatkichlarining patologik oshishi kasalliknig shakli va kechishiga bog‘liqligi aniqlangan; 
tarqoq sklerozda S-100 oqsili va zichligi past lipoproteid ko‘rsatkichlari neyrodegeneratsiya jarayonining aktivligini ko‘rsatuvchi prognostik omil ekanligi asoslangan;
ilk bor S-100 oqsili ko‘rsatkichlari va zichligi past lipoproteid ko‘rsatkichlari orasida o‘zaro musbat korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan va shu asosida neyrodegeneratsiya va dislepidemiya orasida to‘g‘ri proporsional mutanosiblik mavjudligi isbotlangan;
tarqoq sklerozda S-100 oqsili va zichligi past lipoproteid ko‘rsatkichlari nazoratida kasallik kechishini prognoz qilish isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarqoq sklerozning turli shakllarida va kechishida, patogenetik omillarini va tashxislashni takomillashtirishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
tarqoq sklerozni tashxislash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tarqoq sklerozni tashxislashda yangicha uslub» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 12 martdagi 8n-d/49-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tarqoq skleroz bilan kasallangan bemorlarni tashxislash, klinik tahlil qilish va kasallikni nazorat qilish va boshqarish imkonini bergan;
tarqoq sklerozni tashxislash va patogenetik omillarni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent viloyati Qibray tibbiyot birlashmasi va Toshkent shahar 46-oilaviy poliklinikasi amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 fevraldagi 8n-z/28-son ma’lumotnomasi). Tadbiq natijalari kasallikni ilk bosqichida tashxislash va o‘xshash kasalliklardan tafovutlash jarayonlarini optimallashtirish, davolash tadbirlarini to‘g‘ri va erta davrda boshlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish