Fozilov Uktam Abdurazzoqovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ortodontik davolashda kariesning rivojlanishini tashxislash va oldini olishni mukammallashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1252.
Ilmiy rahbar: Rizaeva Sevara Mirgulomovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya institutlarida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Shukurova Umida Abdurasulovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.Nurieva Natal`ya Sergeevna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti(Qozog‘iston respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ortodontik davolashda karies va uning asoratlari rivojlanishini tashhislash va oldini olishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ortodontik davolash jarayonida karies rezistentligining turli darajasi bo‘lgan bolalarda tishlarning kariesli zararlanish faolligi aniqlandi;
ortodontik davolash jarayonida fiksatsiyalangan breketlar atrofidagi tish qattiq to‘qimalarining holati baholangan holda remineralizatsiyalovchi vositalar, nur induksiyalovchi flyuoressensiyadan foydalanish bilan kappa ta’sirining klinik-iqtisodiy samaradorligi isbotlangan;
echilmaydigan va olinadigan ortodontik texnikadan foydalanganda emalning o‘choqli demineralizatsiyasini oldini olish uchun kappa yordamida fiksatsiya qilingan remineralizatsiyalovchi gelning reduksiyasiga erishish imkonini berishi isbotlangan;
nur induksiyalovchi flyuoressensiya usuli yordamida echilmaydigan va olinadigan ortodontik texnika bilan davolash bosqichlarida bemorlarda karies va uning asoratlari rivojlanishini erta tashhislash, oldini olish yo‘li va yordam ko‘rsatish sifati yaratish taktik-texnik jihatlar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ortodontik davolashda karies rivojlanishi profilaktikasini mukammallashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bolalarni ortodontik davolashda karies va uning asoratlari rivojlanishini oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan«Bolalarni ortodontik davolashda karies va uning asoratlari rivojlanishini oldini olish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 26 noyabrdagi 8n-z/207-son xulosasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tish emali rezistentligini oshirish, kariesning boshlang‘ich darajalarini rivojlanishini stabillashtirish va asoratlar sonini qisqartirish imkonini yaratgan;
bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan«Olinmaydigan ortodontik uskunalardan foydalangan holda ortodontik davolash dinamikasida emal demineralizatsiyasini baholash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 26 noyabrdagi 8n-z/207-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda echiladigan va echilmaydigan ortodontik texnikalarda boshlang‘ich kariesni tashhislash va davolash samarasini 35,2% ga oshirish imkonini bergan;
bolalarda ortodontik davolashda karies rivojlanishi profilaktikasini optimallashtirish tamoyillari hamda davo-profilaktik chora-tadbirlarining asoslanganligi sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, Olot tuman tibbiyot birlashmasi, G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi, Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasi, Romitan tuman tibbiyot birlashmalariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 18 dekabrdagi 8n-z/198-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishida tashhislash jarayonini aniq va tez bajarilishi, echiladigan va qotirilgan ortodontik texnika bilan davolashda asoratlar sonining qisqarishi kuzatilgan.