Maxkamov Nosirjon Jo‘raevichning
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umurtqa pog‘onasi protruziyasi va churrasining patomorfologik tavsifi» 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1199.
Ilmiy rahbar: Isroilov Rajabboy Isroilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Xasan Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ortiqov Jahongir Jo‘raboevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umurtqalar oralig‘i diskning degenerativ kasalliklari bo‘lgan protruziya, churra va sekvestrlangan churra kasalliklarining patomorfologik ko‘rsatkichlarni baholashni  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umurtqa pog‘onasi tog‘ayli diskining struktur tuzilishida churra rivojlanishiga sabab bo‘luvchi nozik va funksional o‘zgarishlardan tashkil topgan sohalarining mavjudligi asoslangan;
umurtqalar oralig‘i disk churrasi rivojlanishining birinchi davri protruziyasida degenerativ o‘zgarishlar barcha morfofunksional qismlarida bir tekis va har xil darajada boshlanishining patologik o‘zgarishlari ochib berilgan; 
umurtqalar oralig‘i disk tarkibiy qismi, fibroz xalqa va dirildoq yadroda churraga xos patomorfologik o‘zgarishlarning rivojlanishi va sohani to‘liq qamrab olish darajasi isbotlangan; 
churraning sekvestrlangan asoratlanish davriga xos bo‘lgan destruktiv, yallig‘lanishli, nekrobiotik hamda kal`sinoz kabi o‘zgarishlarning rivojlanish tartibini isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umurtqa pog‘onasi protruziyasi va churrasining patomorfologik tavsifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tog‘ayli diskning diffuz oziqlanishining buzilishi va turli darajadagi tartibsiz va doimiy yuklamalar ta’sirda yuzaga keladigan  o‘zgarishlarni baholash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Umurtqa pog‘onasi protruziyasi va churrasida tog‘ayli diskning morfologik, morfometrik o‘zgarishlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 7 oktyabrdagi 8n-r/323-son ma’lumotnomasi). Natijada umurtqa pog‘onasi protruziyasi va churrasida tog‘ayli diskning morfologik va morfometrik o‘zgarishlarini tizimli baholash orqali kasallikni erta tashxislash va davolash standartlarini yaratish imkonini bergan;
umurtqa pog‘onasi protruziyasi va churrasining patomorfologik tavsifini baholashni asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi va Andijon viloyat travmatologiya va ortopediya shifoxonasi amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 yanvardagi 8n-z/8-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi sekvestrlangan churrada dirildoq yadro to‘qimasi polimorf tuzilishi, tarkibida destruksiyalangan, nekrozlangan, yallig‘lanish infil`trati va fibroz to‘qima bilan qoplanganligi, aksariyat hollarda nekrozlanish strukturasiz dag‘al detritga aylanganligi, atrofida kal`sinoz xondromatoz va ossifikatsiya jarayonlari rivojlanganligini patomorfologik tashxislashga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish