Oripov Dilmurod Alijon o‘g‘lining
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Charm-poyabzal korxonalarida sifat menejmentini takomillashtirish», 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt778.
Ilmiy rahbar:  Ashurov Maxamadjon Sotvoldievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.60.03.
Rasmiy opponentlar: Otajonov Shuxrat Ibrayimjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Ismoilov Ravshanjon Baxritdinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi charm-poyabzal korxonalarida sifat menejmentini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Uzsalaman» qo‘shma korxonasida iste’molchilar bilan munosabatlarni boshqarish algoritmi tovar sifati va narxi haqidagi ma’lumotlarni xaftaligini maqbullashtirish hamda uni mahsulot sotish jarayoni bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
poyabzal sanoati korxonalarida sifat menejmentini tashkil etish jarayoni gorizontal va vertikal darajada iste’molchilar talabini uyg‘unlashtirish, sifatning maqbul darajasiga erishish uchun zarur bo‘lgan majburiyatlarni boshqaruv faoliyatiga taqsimlashga ko‘ra takomillashtirilgan;
«Uzsalaman» qo‘shma korxonasida sifatni boshqarish dasturi raqamli texnologiya asosida xomashyo sifatini texnologik baholash hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini standartlarga muvofiqligini ishlab chiqarish operatsiyalari darajasida monitoring qilish asosida takomillashtirilgan;
sifat menejmentini ekspert usulda aniqlash metodikasi korxonaning sifat siyosatini belgilovchi talablarni identifikatsiyalash hamda xalqaro standartlarga muvofiqligini mavjud va istiqbol imkoniyatlardan kelib chiqqan holda baholash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Charm-poyabzal korxonalarida sifat menejmentini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Uzsalaman» qo‘shma korxonasida iste’molchilar bilan munosabatlarni boshqarish algoritmi tovar sifati va narxi haqidagi ma’lumotlarni xaftaligini maqbullashtirish hamda uni mahsulot sotish jarayoni bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zcharmsanoat» uyushmasiga a’zo korxonalardan «Uzsalaman»  qo‘shma korxonasi faoliyatiga joriy etilgan («O‘zcharmsanoat»  uyushmasining 2021 yil 12 yanvardagi FB-7/75-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, «Uzsalaman»  qo‘shma korxonasining mahsulotiga bo‘lgan talab xajmi 1,3 barobarga ortishiga erishilgan; 
poyabzal sanoati korxonalarida sifat menejmentini tashkil etish jarayoni gorizontal va vertikal darajada iste’molchilar talabini uyg‘unlashtirish, sifatning maqbul darajasiga erishish uchun zarur bo‘lgan majburiyatlarni boshqaruv faoliyatiga taqsimlash bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zcharmsanoat» uyushmasiga a’zo korxonalardan «Uzsalaman» qo‘shma korxonasi faoliyatiga joriy etilgan («O‘zcharmsanoat»  uyushmasining 2021 yil 12 yanvardagi FB-7/75-sonli ma’lumotnomasi). Natijada «Uzsalaman» qo‘shma korxonasida sifatning maqbul darajasi aniqlanishiga, defekt va braklarni 80 %ga kamaytirishga erishilgan;
«Uzsalaman» qo‘shma korxonasida sifatni boshqarish dasturi raqamli texnologiya asosida xomashyo sifatini texnologik baholash hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini standartlarga muvofiqligini ishlab chiqarish operatsiyalari darajasida monitoring qilish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zcharmsanoat» uyushmasiga a’zo korxonalardan «Uzsalaman»  qo‘shma korxonasi faoliyatiga joriy etilgan («O‘zcharmsanoat»  uyushmasining 2021 yil 12 yanvardagi FB-7/75-sonli ma’lumotnomasi). Natijada «Uzsalaman»  qo‘shma korxonasida sifat menejmenti raqamlashtirilishiga, mahsulot ishlab chiqarish xajmi 15 %ga ortishiga erishilgan;
sifat menejmentini ekspert usulda aniqlash metodikasi korxonaning sifat siyosatini belgilovchi talablarni identifikatsiyalash hamda xalqaro standartlarga muvofiqligini mavjud va istiqbol imkoniyatlardan kelib chiqqan holda baholash bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zcharmsanoat» uyushmasiga a’zo korxonalardan «Uzsalaman» qo‘shma korxonasi faoliyatiga joriy etilgan («O‘zcharmsanoat»  uyushmasining 2021 yil 12 yanvardagi FB-7/75-sonli ma’lumotnomasi). Natijada «Uzsalaman»  qo‘shma korxonasining xalqaro sifat standartlariga muvofiqlik darajasi ortishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish